Bugun kechki payt mahalladoshlarimizdan birinikda iftor ekan, boya aytib ketishibdi. Ishdan kelsam bu haqda o‘g‘lim xuddi yetkizayotgan xabari uchun suyunchi oladiganday, meni ko‘rgandan yugurib oldimga kelib xabar berdi:
– Dada, dada, sizni kechga iftorga aytib ketishdi. Borar ekansiz.
– Xo‘p o‘g‘lim, xo‘p.
Ishdan charchab kelganim uchunmi iftorga borish ham malolday tuyula boshladi. Ammo, borish kerak, mahalladosh xafa bo‘lishi mumkin. Iftor vaqtigacha biroz dam olib, so‘ng og‘iz ochishga yarim soat qolganda uydan chiqa boshladim. Qarasam xotinim allaqachon har kungiday qilib iftorlik dasturxonini tuzab qo‘yibdi. Dasturxonda bir idishda ozroq salat, bir stakan qatiq, ikki bo‘lak qozonda yopib pishirilgan chalpak, bir hovuch xurmo va bir tarelkada mevalar turar edi. Qo‘l kaltalik qursin, hoynahoy nimadir ovqat qilgan bo‘lsa ham go‘shtsiz ovqat qilgan. Eshikkacha bordim va to‘xtab soniyalarda hammasini o‘ylab ko‘rdim: iftordagi to‘kin dasturxon, ikki-uch xil ovqat, turli salqin ichimliklar va turli xorij mevalari... Yo‘q, tomog‘imdan o‘tmaydi, o‘tsa ham baribir tatimaydi...
Sekin ortga qaytdim va o‘zimning qadrdon dasturxonim yoniga o‘tirib, Qur’onni qo‘limga oldim va bolalarimni yonimga chaqirdim.
G‘ayrat Yo‘ldosh
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”