Foto: Fotolia
Moliyaviy yostiqcha – sizning ikki-uch oylik doimiy xarajatlaringizga teng bo‘lgan jamg‘arma. Doimiy ish haqini yo‘qotish holatida aynan moliyaviy yostiqcha birinchi duch kelgan ishga «yopishmay», bir necha oy xotirjam yashash imkoniyatini beradi. Ideal variantda mablag‘ yarim yil yashash uchun yetarli bo‘lishi lozim. Biroq bunday moliyaviy yostiqchani hamma ham to‘play olmaydi. Pul qaysi vaziyatlarda asqotishi mumkinligi haqida hikoya qilamiz.
Qora kundan himoyalanish
Noxush holat qachon sodir bo‘lishini hech kim bilmaydi. Uzoq muddat davom etadigan kasallik, jarohat, yong‘in yoki ishdan ketish – bularning bari moliyaviy farovonlikka putur yetkazadi. Moliyaviy yostiqcha mavjud bo‘lgan vaqtlarda kamroq asabiylashasiz. Dastlabki vaqtda (2-3 oy) foydalanish uchun pul olish oson bo‘lgan joyda turgani ma’qul: masalan, bank kartasining hisob raqamida. Qolgan pulni esa omonatda foiz ostida saqlagan ma’qul.
Yangi ishga o‘tish
Boshliq zolim, kam maosh to‘lashadi, doimiy ravishda ishdan keyin qolib ishlash kerak – ishni o‘zgartirish uchun sabablar talaygina bo‘lishi mumkin. Moliyaviy yostiqcha mavjud bo‘lganida ko‘nglingizga ma’qul bo‘lgan ish joyini topgunga qadar oilani nima bilan boqish haqida o‘ylashga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, yangi ish joyidagi maosh dastlab har doim ham sizni quvontirmasligi mumkin. Bu holatda moliyaviy yostiqcha kelajakda qiynalmay kun kechirish uchun o‘ziga xos sarmoya vazifasini bajaradi.
Biznesni himoya qilish
Tadbirkorlarda xatarlar doimo juda ko‘p. Masalan, yetkazib beruvchilar hisob raqamini bloklatib qo‘yishlari, xodimlar esa pulni olib, juftakni rostlashlari mumkin. Moliyaviy yostiqcha biznesni asrab qolish va yaxshi kunlarga qadar «jon saqlash» imkonini beradi.
Kredit olmasdan hal etish
Albatta, ideal ko‘rinishda omonatlar ikki turda bo‘ladi: qora kunga atalgan va kutilmagan xaridlar uchun. Zarur buyum buzilib qolganida yoki anchadan beri orzu qilgan narsangizga aksiya e’lon qilinganida ikkinchisidan pul olasiz. Bu pullarni ikkinchi darajali «istaklar» (masalan, o‘ninchi ko‘ylakka) sarflash yaramaydi. Mashina yoki hatto etikni tuzatish ham ayni muddao. Moliyaviy yostiqchadan pul olishingiz uchun u juda muhim va kerakli narsa bo‘lishi kerak.
Sizda ham moliyaviy yostiqcha bormi? “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi