07:50 / 30.05.2019
3 865

Qanday qilib bolalarda Allohga muhabbatni tarbiyalash mumkin?

Qanday qilib bolalarda Allohga muhabbatni tarbiyalash mumkin?
Nega bunday qilding? Endi Alloh seni jazolaydi! Nega bunday deding? Endi Alloh seni jazolaydi!

Shu va shunga o‘xshash so‘zlar sizga tanishmi? Afsuski , ko‘pchiligimiz ularni ishlatganimizda farzandlarimizda Xoliqdan qo‘rqish hissini uyg‘otmoqchi bo‘lamiz-u, lekin bu farzandimizning Alloh haqidagi tasavvuriga qanday ta’sir qilishi haqida o‘ylab ko‘rmaymiz.

Birinchidan, Alloh hech qachon bolalarni jazolamaydi, demak biz o‘ylamasdan yolg‘on gapiryapmiz.

Ikkinchidan, aytgan gaplarimiz bolalarning Alloh bilan munosabatiga qanday ta’sir qilishini hisobga olishimiz kerak. Bolalarda voqelikni qabul qilish umuman boshqacha. Agar ularga Allohni jazolashi haqida gapirsak ularda Alloh badjahl degan tasavvur qoladi. Buning natijasida ular muhabbati tufayli emas, Allohdan to‘g‘ri ma’noda qo‘rqishni boshlashadi. Unutmasligimiz kerakki, bolalarda fantaziya juda kuchli, ular narsalarni biz xohlagandek tasavvur qilishmaydi, qo‘rqitish tufayli ular qalbidan muhabbatni chiqarib yuborishimiz mumkin.

Demak, biz qo‘rquv emas muhabbat uyg‘otishga harakat qilishimiz kerak ekan.

Qanday qilib muhabbat uyg‘otishimiz mumkin?

1. Tez tez Alloh bandalariga rahmli va mehrli ekani haqidagi hadisni bolalarga eslatib , aytib turish.
2. Alloh bolalarni jazolamasligi haqida gapirish, ularni yaxshi ko‘rganidan noto‘g‘ri ishlarini ham kechirishi eslatib turish.
3. Jannat va jannatga tushish uchun qilinishi mumkin bo‘lgan yaxshi amallar haqida gapirish.
4. Alloh bizga bergan ne’matlarini eslatib ko‘rsatib turish.
5. Bolalarni Allohdan so‘rab duo qilishga o‘rgatish (Alloh hamma duolarni qabul qiladi).
6. Allohni Rahmli, Mehribon,Karami keng va en asosiysi Kechiruvchi ekanini ko‘p marotaba takrorlash.
7. Alloh yaratgan narsalarga bolalarni e’tiborini qaratish va bu narsalar qanday mo‘’jiza ekani haqida suhbat qurish.

Demak, negativ narsalar emas pozitiv, yaxshi narsalarga e’tiborimizni qaratish bilan bolalarda yaxshiroq inson, musulmon bo‘lishga motivatsiya uyg‘otishimiz mumkin.

Axir farzandlarimiz Islomga qo‘rqqanidan emas, Allohga muhabbati sababli amal qilsa qanday chiroyli?!

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom shunday marhamat qiladi: «Har bir farzand musulmon fitratida tug‘iladi, lekin uni yahudiyga aylantirib yuboradigan ham, nasroniy yoki majusiyga aylantirib yuboradigan ham uning ota-onasidir».

Muslima ona kundaligi telegram kanalidan olindi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday qilib bolalarda Allohga muhabbatni tarbiyalash mumkin?