12:55 / 03.06.2019
3 207

Hech bir ishingiz o‘xshamasligining 10 sababi

Hech bir ishingiz o‘xshamasligining 10 sababi
Ayrim hollarda barcha muammolarning asl aybdori – o‘zimiz.

Hammamiz ham muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechirganmiz. Buning ko‘plab sabablari bo‘lishi mumkin, biroq ochig‘ini aytganda holatlarning ko‘pchiligi bir narsaga borib taqaladi: hayot biror imkoniyatni taklif etganida, olg‘a borish bilan bog‘liq bosim va qiyinchilikni bartaraf etishga intilamiz. Mag‘lubiyatga darhol yengilish osonroq: orzu yo‘lida hali bizni nimalar kutmoqda ekan?

O‘z ustimizda ishlashni bartaraf etish yo‘lidagi 10 ta asosiy omadsizlik sabablari quyidagilardir. Ular yaxlit strategiyani aks ettiradi. Ushbu strategiyalarga amal qilib, muvaffaqiyatsizlik sari qadam qo‘yamiz.

1. Siz ajralib qolishdan qo‘rqasiz
Har qanday jamiyat o‘z a’zosi ortiqcha ishonchni namoyish etmasligi uchun ularning har birini kuzatadi.
Ralf Uoldo Emerson, amerikalik esseist, shoir va faylasuf


Odamlar o‘zgalar o‘zgarishi va ularni noqulay his etishga majbur qiladigan ishlarni bajarishlarini yoqtirishmaydi. O‘zingizga o‘z idealingiz yo‘lida chaqiriqni namoyish etganingizda odamlar buni shaxsiy ichki muvozanatlariga qilingan tahdid hisoblaydilar. O‘zgalarning muvaffaqiyati ularni shaxsiy mag‘lubiyatlari va bekorga sarflangan salohiyatlari haqida o‘ylashga majbur qiladi. Bu ancha noqulay. Shuning uchun ko‘pchilik sizning harakatingizga agressiya bilan javob beradi.

Bu hayot haqiqati. Agar biror buyuk narsaga erishishni istasangiz, o‘zgacha ekaningizni tushunishga to‘g‘ri keladi.

Odamlar sizni g‘alati, ahmoq, egoist, ezma, mas’uliyatsiz, yoqimsiz, qo‘pol, yuzaki, o‘ziga ishonchi bo‘lmagan, semiz va ko‘rimsiz deb ataydilar. Sizni «reallikka qaytarish»ga intiladilar, o‘zingizni «normal» kishidek tutishingizni istaydilar. Agar o‘z g‘oya va istaklaringizga yetarli darajada ishonmasangiz, uzoqqa bora olmaysiz.

2. Sizga qat’iylik yetishmaydi
2009 yilda Karl Marlantes Vetnam urushi xotiralariga bag‘ishlangan «Matterxorn» romanini nashr ettirdi. Kitob bestsellerga aylandi. New York Times uni «urush haqidagi eng chuqur mazmunli va kishida taassurot uyg‘otadigan asar» deb atadi.

Marlantes bunday muvaffaqiyatga qanday erishdi? 35 yil davomida kitobni nashr ettirishga harakat qildi. Bu uning butun umrining yarmidan ko‘proq vaqt. U qo‘lyozmani olti martadan ortiq qayta yozgan. Kitobni yozib bo‘lgach, dastlabki yigirma yil davomida nashriyotlar uni o‘qib ko‘rib, romanni rad etishgan.

Bu kabi voqealar talaygina. Uolt Disneyni yodga oling. Uni iste’dodsiz deb hisoblashgan. Yigirma yil davomida u Pamela Treversni kitobini ekranlashtirishga ko‘ndirgan.

Ko‘pchiligimiz oliy maqsadimiz yo‘lida juda tez yengilamiz. Axir har bir muvaffaqiyat tarixi – qat’iyat va kurash tarixi hamdir. Arzirli hech bir narsa osonlikcha berilmaydi.

3. Sizga kamtarlik yetishmaydi
Kamtarlikni uyatchanlik bilan adashtirmang. Ko‘pchilik biror narsaga endigina erishib, o‘zini ishning mutaxassisi sanaydi. Kamtarlik esa siz hali hamma narsani bilmasligingizni anglashni nazarda tutadi.

Haqiqatan buyuk kishilar hech narsa bilmasliklarini bilishadi.

Qiziq jihati, yutuqlari u qadar yuqori bo‘lmagan kishilar o‘z muvaffaqiyatlari haqida gapirishni yoqtiradilar. Aynan ular kuchga aylanib, hammani hamma narsaga o‘rgatishadi.

4. Aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mustahkam munosabatlarni o‘rnatishni eplolmaysiz
Zamonaviy dunyoda odamlar bilan muloqot qilish ko‘nikmasi juda muhim. Netvorkingni o‘zlashtirish bo‘yicha muayyan treninglar ham o‘tkaziladi. Bundan tashqari, odamlardan yordam so‘rash ko‘nikmasi ham zarur. Biroq qo‘rquv, o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik yoki ezmalik bizning o‘zgalar bilan bo‘lgan munosabatimizga xalaqit qiladi.

5. Biror kishining maslahatiga amal qilish o‘rniga bahslashasiz
Takomillashish o‘rniga kimgadir haqligingizni isbotlash - omadsizlik sari kafolatlangan yo‘l. Muvaffaqiyatga erishish uchun qayta aloqa mavjud bo‘lgan siklga amal qilish lozim.

Biror narsani amalga oshirishga harakat qiling – natijalar bo‘yicha teskari aloqa oling – undan foydali axborotni oling – yangi biror narsani sinab ko‘ring.

O‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishni yoqtirmaydiganlar bu zanjirni buzishadi va teskari aloqani qabul qilishmaydi. Shuning uchun ham hech qachon o‘zgarmaydilar.

Bu bizga berilgan barcha maslahatlarga quloq tutishni anglatmaydi. Mohiyat shundaki, foydali yoki aksincha ekanidan qat’i nazar teskari aloqa natijasida kelayotgan barcha axborotni hisobga olish.

Odam qanchalik aqlli bo‘lsa, o‘z mag‘lubiyatlari ustida ko‘proq ishlaydi.

6. Juda ko‘p chalg‘iysiz
«VKontakte», Facebook yangiliklar lentasini tekshiramiz, pochtaga kiramiz, yana Facebook, yana «VKontakte». Chiroyli rasm, uni Facebook’da do‘stlarga ulashamiz, yana pochtani tekshiramiz, yana xabarnoma yozamiz, voy qanday chiroyli rasmlar, ularni yana bo‘lishamiz, zanjirni yana bir boshdan takrorlaymiz.

O‘zingizni taniyapsizmi? Bu vaqtni shu tariqa o‘tkazmaslikni anglatadi, shunday emasmi?

7. Siz bilan sodir bo‘layotgan voqealar uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yningizga olmaysiz
Doimiy ravishda o‘zingizni oqlash uchun sabablar axtarasizmi? U holda olg‘a borolmaysiz. Muammolarni hal etish uchun hayotingizni nazorat ostiga olishingiz kerak. Hayotingiz uchun o‘zingizni mas’ul sanamas ekansiz, sizni oldinda mag‘lubiyat kutadi.

Ha, bo‘layotgan voqealar uchun aybni tashqi omillarga to‘nkash, siz hech nima qila olmaganingiz, u o‘zi kelganini aytish ancha qulay. Biroq joriy holatni aql bilan baholash vaqti yetgandir? Buni qancha erta amalga oshirsangiz, shuncha tez to‘g‘rilay olasiz.

8. Muvaffaqiyatga erishishning imkoni bor ekaniga ishonmaysiz
G‘olib bo‘lish uchun muvaffaqiyat imkoniyatiga ishonish kerak. Bu o‘z-o‘zini ishontirish bilan bog‘liq emas. Bu yerda aql bovar qilmas narsaning o‘zi yo‘q. Ong ostidagi tasavvurlaringiz real ish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, o‘z imkoniyatlarini yuqori baholaganlar ishni tezroq boshlaydilar. Ular ishga oson kirishadilar. O‘z xatolaringizdan xulosa chiqarsangiz, oxir-oqibat, muvaffaqiyatga erishasiz. Shuning uchun biroz ijobiy tasavvur ham yaxshilik yo‘lida xizmat qiladi.

9. Befarq emas bo‘lib ko‘rinishdan qo‘rqasiz
Ko‘pchilik befarqlik virusini yuqtirib oladi. Ularga hech narsa ilhom bermaydi. Bunday odamlar o‘zlarini biror loyiha va maqsadga bag‘ishlashni istamaydilar. Boshqa birovlar esa boshlagan ishlarini yarim yo‘lda tashlab ketishadi. Yana ayrimlar esa qiziqishni yo‘qotishadi. Ko‘pchilikda esa hatto boshlash uchun ham kuch yetmaydi.

Surunkali befarqlik - ayyorona himoya mexanizmi. U ishtiyoq va ilhomni o‘ldiradi. Shu tariqa odam boshi berk ko‘chaga kirib qoladi.

Ko‘plab odamlar ongsiz ravishda biror ish uchun jon-jahdi bilan kurashishdan qo‘rqadi. Chunki muvaffaqiyatsizlikka duch kelishlarini tushunadilar. Bu muvaffaqiyatsizlik esa ularning ruhiyati tayyor bo‘lmagan fikrlar oqimini uyg‘otadi: shaxsiy qiymat, kompetentlik va hokazo savollar.

10. Ich-ichingizdan o‘zingiz istagan narsaga loyiq emasman deb hisoblaysiz
Kichikdan kattaga qarab harakat qilib, muvaffaqiyatsizliklarning eng asosiysiga yetib keldik. Bu o‘zingiz istagan narsani olishga loyiq emaslikni his etish.

Ko‘pchilik o‘zi haqidagi eng yoqimsiz hislarni ichiga yutgan. Biroq bu bilan ular hech qayerga yo‘qolmagan. Bu tasavvurlar turlicha paydo bo‘lgan: maktabda kimningdir ustidan kulishgan, kimgadir ota-onasi va o‘qituvchilari hayotda hech narsaga erishmasligini aytishgan. Bularning bari xalos bo‘lish mushkul tamg‘aga aylangan. Natijada yuqori marralarga erishish haqidagi fikrning o‘zi noqulaylik tug‘diradigan holatga kelgan.

Yetishmovchiliklar va afzalliklar ayrimlarni o‘zini qiroldek, boshqalarni esa aldoqchilar kabi his etishga majbur qiladi.

Nima bo‘lganda ham yashirin qo‘rquvlar yuzaga chiqadi va siz intilayotgan narsani chippakka chiqarishga harakat qiladi. Aniqrog‘i, sizni intilishlaringizni buzishga undaydi.

Muvaffaqiyatsizliklarimiz ortida yashiringan eng achchiq haqiqat ana shu. Bari o‘zimizga bog‘liq. Bu tenglamada boshqa hech kim yo‘q.

Rad etar ekansiz, qo‘rquvingiz hech qayerga yo‘qolmaydi. U sizni baxtdan uzoqlashtiruvchi ko‘rinmas to‘siq bo‘ladi. Siz doimiy ravishda unga urilasiz, biroq sindira olmaysiz. Chiqish yo‘li mavjud, biroq buning uchun og‘riq va mashaqqatlarga tayyor bo‘lishingiz lozim. Aks holda maqsadga erishishingizda xalaqit berayotgan narsaning ko‘ziga qaray olmaysiz. Siz yana va yana o‘sha muammolarga duch kelaverasiz. Ular mavjudligini tan olmaguningizcha bu hol davom etaveradi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hech bir ishingiz o‘xshamasligining 10 sababi