21:30 / 08.06.2019
3 579

Olimlar kam uxlash arterial qon bosimi oshishiga olib kelishini aytishdi

Olimlar kam uxlash arterial qon bosimi oshishiga olib kelishini aytishdi
Tiniqib uxlamaslik hamda kamuyqulik arterial qon bosimi oshishiga olib keladi, deb ma’lum qildi Arizona universiteti olimlari.

Olimlar 21-70 yoshli 300 nafar kishi ishtirokida tajriba o‘tkazib shunday xulosaga kelishdi. Tajriba ishtirokchilari ikki kun davomida maxsus uskuna taqib yurishdi. Uskuna har 45 daqiqada ularning qon bosimini o‘lchab turdi.

Tajribadan ma’lum bo‘lishicha, yaxshi uxlay olmagan ishtirokchilarda ertasi kuni sistolik bosim ko‘tarilgan.
Tibbiyotchilarning fikricha, uyquning eng maqbul davomiyligi sutkada olti-to‘qqiz soatdir.

Olimlarning xulosalariga ko‘ra, muntazam ravishda kam uxlash gipertoniya kasalligi, stress va insulin darajasi kamayishiga olib keladi. Tadqiqot mualliflari uxlashdan oldin deraza pardalarini yopishni va yotoqxonaga smartfon va yorqin displeyli boshqa texnika buyumlarini olib kirmaslikni maslahat berishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar kam uxlash arterial qon bosimi oshishiga olib kelishini aytishdi