07:30 / 30.08.2019
2 838

Zamonaviy odamning tongi

Zamonaviy odamning tongi
Zamonaviy odamning tongi smartfonga ibodat qilish bilan boshlanadi: uyqudan ko‘zlarini ochishi bilan qo‘liga telefonini oladi va xabar, javob berilmagan qo‘ng‘iroq, xat hamda ijtimoiy tarmoqdagi tasmasiga kelgan yangiliklarni “tekshiradi”.

“Ibodat”ini bajo keltira turib, “homo sapinies” ushbu “xoch”ni bo‘yniga ilib yuradi va kun bo‘yi ushbu tabarruk buyumga topingan holda undan ajralmaydi.

Hozirgi “erkin-hur” odamlarning har bir bo‘sh daqiqasi mana shu raqamli ibodatga bag‘ishlangan. Ilgari biz telefonni uyda unutib qoldirar edik. Hozir esa bunday bo‘lmayapti. Ushbu tumorni, butni, “jon ato qiladigan” xochni yo‘qotib qo‘yish – o‘limga teng.

Zamonaviy odam u aslida miyasiga elektrod joylashtirilgan va tepkiga ulangan befahm sichqoncha ekanligini tushinarmikan?
Tepkiga bosish huzur-halovat nuqtalaridagi elektr tokining elektrlik xususiyati yo‘qolishiga olib keladi.

Bizning tepkimiz – bu smartfon yoki tarmoqqa kiradigan har qanday usuldir.
Andrey Kurpatov

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Zamonaviy odamning tongi