00:05 / 07.09.2019
4 974

Bir daqiqada uxlab qolish siri

Bir daqiqada uxlab qolish siri
Foto: freerestaurantrecipes.com
Ba’zida «Qaniydi, tezroq uxlab qolsam», deb ancha paytgacha to‘shakda u yoqdan-bu yoqqa ag‘darilib yotishga to‘g‘ri keladi. Miyada esa yuz berib o‘tgan hodisa, ish yoki muammolar charxpalak misol aylanaveradi-aylanaveradi.

Hatto kun bo‘yi duch kelgan stress va bezovtalik qonda adrenalin darajasini oshirarkan: yurak tezroq uradi, nafas qisqa va yuzaki bo‘ladi. Ba’zan biz g‘ayriixtiyoriy ravishda qisqa vaqt nafas ham olmay qo‘yamiz. Lekin aynan mana shu o‘zimizni bo‘sh qo‘yish va tinchlanish kaliti hisoblanarkan. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.

To‘g‘ri nafas texnikasi tez uxlab qolishga yordam beradi

Hindlar yuz yillar muqaddam nafas kuchidan foydalanishni boshlashgan. Biz uchun esa bu haliyam ahamiyatsizdek. Biroq shu o‘rinda adashdik hisob. Axir muayyan nafas chastotasi vegetativ nerv tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Amerikalik shifokor, Sharq tabobatining eng mashhur tarafdorlaridan biri Endryu Veyl «4-7-8» nafas texnikasi yordamida uyqusizlikni yengish mumkinligi haqida aytgan.

Mashqni bajarish uchun bir daqiqa ham, bir tiyin ham sarflamaysiz. Samarasi esa 100 foiz. Xo‘sh, u qanday ishlaydi?

Burun orqali nafas olib, xayolan to‘rtgacha sanaymiz.
Nafasni ushlab, yettigacha sanaymiz.

So‘ngra sakkizgacha sanab og‘iz orqali nafas chiqaramiz. Bunda tilni tanglayga ko‘tarib, til uchini ustki kurak tishga tegizamiz: shunda havo tilning o‘ng va chap tomonidan o‘tib, sal tovush chiqaradi.


Nafas siklini to‘rt marta takrorlaymiz.

Veyl ushbu gimnastikani ertalab uyqudan uyg‘ongan zahoti hamda kechasi uxlashga yotishdan oldin bajarishni taklif etadi. Uzoq nafas olish tanani ko‘proq kislorod yutishga majburlaydi. U qonga tushib, butun tanaga tarqaladi. Uzoqroq nafas chiqarganda esa o‘pkadan qayta ishlangan havo ko‘proq chiqib ketadi.

Yana Veylning ta’kidlashicha, bunday mashq tinchlantiradi, pulsni kamaytiradi va sokin uyqu bag‘ishlaydi. Bunda tez yoki sekin sanashning ahamiyati yo‘q. Muhimi, mashqni muntazam bajarish kerak.

Taxminan sakkiz hafta o‘tgach Veyl nafas gimnastikasini ertalab va kechasi sakkizta siklga yetkazishni tavsiya qiladi. Nafas texnikasini yotib, o‘tirib yoki turib bajarish mumkin. Eng yoqimlisi, bu nafaqat uyqusizlikda, balki boshqa holatlarda ham yordam beradi: stress, qo‘rquv yoki g‘azab.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir daqiqada uxlab qolish siri