Foto: «Zr.ru»
Agar sizni kimdir katta tezlikda quvib o‘tib ketdimi, uning salonida kamida chinqiriq ovozli Mayli Sayrus kuylayapti. Nima bo‘lganda ham o‘ziga xos tadqiqot o‘tkazgan Janubiy Xitoy texnologiya universiteti olimlari ushbu xonandaning «Party In The USA» qo‘shig‘ini yo‘lda tinglash eng xavfli qo‘shiqlar ro‘yxatiga kiritib qo‘yishdi.
Xitoylik olimlar qaysi xildagi musiqalar haydovchining mashina boshqarishiga xalaqit berishini o‘rganish uchun ushbu tadqiqotga qo‘l urishgandi.
Avvaliga olti yo‘lakli yo‘lda o‘z mashinalarida o‘tishga rozi haydovchilarni topishdi. Birinchi yurishda — tinch, hech qanaqa musiqalarsiz. Ikkinchisida magnitofon (pleyer) qulog‘ini buragan holda. Qizig‘i, birinchisida mashinalar risoladek ketayotgan edi, salon musiqa sadolariga to‘lishi bilan haydovchilarning kayfiyati, unga qo‘shilib mashinalarning tezligi ham ko‘tarilib ketdi.
Xabarga ko‘ra, musiqa jaranglaganidan so‘ng tezlik o‘rtacha soatiga 5 milga oshgan.
Yo‘lda rok-musiqa tinglab ketayotganlar 20 daqiqada o‘rtacha 70 ta mashinani quvib o‘tishgan. Ayniqsa, haydovchilarga «Green Day»ning «American Idiot» qo‘shig‘i hammadan ko‘p salbiy ta’sir ko‘rsatgan. «Amerikalik telba»ni tinglagan haydovchilar eng ko‘p tezlikni oshirib, xavfli xatti-harakatlarni sodir etishgan.
Eng xavfli qo‘shiqlar (top-5)
1. Green Day — «American Idiot»
2. Miley Cyrus — «Party In The USA»
3. The Killers — «Mr Brightside»
4. The Chainsmokers — «Don’t Let Me Down»
5. Bruce Springsteen — «Born To Run»
Tadqiqotchilar «eng xavfsiz qo‘shiqlar»ni ham «topishdi. Bularni mashinada bemalol eshitish mumkin deyishmoqda:
Eng xavfsiz qo‘shiqlar (top-5)
1. Led Zeppelin — «Stairway To Heaven»
2. Red Hot Chili Peppers — «Under The Bridge»
3. Drake — «God’s Plan»
4. Toto — «Africa»
5. Khalid — «Location» “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi