Foto: «Yandeks»
Shifokor-diyetolog Yelena Solomatina «Vechernyaya Moskva»ga bergan intervyusida inson tanasi uchun qaysi non eng foydali va eng zararli ekanini aytadi.
Mutaxassis foydali nonlar orasida birinchi o‘ringa javdar nonni qo‘yadi.
— Biroq ko‘pincha qadog‘iga katta harflar bilan javdar non deb yozib qo‘yilgan mahsulot tarkibida javdar un bo‘lmaydi yoki juda kam miqdorda solinadi. Aldanib qolmaslik kerak. Ishlab chiqaruvchilar bug‘doy uni va bo‘yoqdan foydalanishadi, — deydi Solomatina.
Non oliy navli undan tayyorlanmagani ma’qul: tozalanmagan, ikkinchi nav yoki javdar un ayni muddao.
Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, non tanlayotganda, eng avvalo, tarkibiga e’tibor qaratish zarur — qancha oddiy bo‘lsa, shuncha yaxshi. Un, suv va tuzdan tayyorlangan non eng maqbuli hisoblanadi. Solomatina Sharq noni — lavash, puri kulchasi va O‘rta yer dengizi pitasini misol tariqasida keltirdi.
— «Mazali» seryog‘ xamir odatda tarkibiga margarin yoki pazandalik yog‘lari qo‘shilganidan dalolat. Foydali nonda gidrogeniz yog‘lari bo‘lmaydi. Transyog‘lar ko‘pgina kasalliklarni chaqiradi. Chiroyli do‘mboq bulkalarni tanlashda ehtiyot bo‘lish kerak. Odatda yog‘ va shirinlik qo‘shilgan xamir tarkibida qand bo‘ladi. U qonda glyukoza miqdorini oshiradi. Shundan so‘ng tana insulin ishlab chiqaradi. Glyukoza darajasi pasayadi, biz yana yeyishni xohlaymiz. Energiya hosil qilmagani yog‘ga aylanadi, — deydi Solomatina.
Shifokorning ta’kidlashicha, sun’iy qo‘shimchalar bilan to‘yintirilgan oq non insulin rezistentligini va 2-tip diabetni qo‘zg‘aydi. Turli qo‘shimchalar haqiqatan mahsulot mazasini o‘zgartiradi, lekin ularni foydali deb bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”