Foto: “Rambler”
Koʻpchilik eng xavfli yosh keksalik deb oʻylaydi: odamda har xil kasalliklar kelib chiqaveradi. Aslida bunday emas. “Rambler” qachon qaysi kasalliklardan saqlanish kerakligini maʼlum qildi.
Aslida yoshga oid jadal oʻzgarishlar 30 — 40 yoshlarda boshlanadi. Aksariyat vaziyatlarda aynan shu davrda surunkali dardlar zoʻrayadi va tananing turli tizimlarida oʻzgarishlar sodir boʻladi.
Jigar xastaliklari
Mazkur aʼzo salomatligimizni qoʻllab-quvvatlab turadi. Odamlar yoshlikda ovqatlanishga unchalik ahamiyat bermasligi sabab jigar tez-tez zoʻriqishlarga duch keladi. Moʻl-koʻl transyogʻlar va alkogol erta yoshda xavfli kasalliklarga poydevor qoʻyadi.
Qandli diabet
Bu kasallik yoshga qarab oʻtirmaydi. Biroq, statistikaga koʻra, birinchi tip diabet koʻpincha 30 yoshgacha boʻlgan odamlarda rivojlanadi. Ikkinchi tipi esa 40 yoshdan soʻng namoyon boʻladi. Rivojlangan davlatlarda qandli diabet bilan ogʻriyotganlar soni har 15 yilda ikki baravar koʻpayadi.
Gipertoniya
Oxirgi paytlarda 30 yoshdan sal oshgan odamlar orasida gipertoniyadan qiynalayotganlar soni koʻpaygan. Soʻnggi 10 yilda yuqori qon bosimidan aziyat chekayotganlar soni 2-3 baravar oshdi. Yurak xuruji erkaklarda 30 — 35 yoshda avjiga chiqadi. Ayollarda esa statistika bundan ham qoʻrqinchliroq. Gap shundaki, nozik jins vakillarida yurak kasalliklari hech bir alomatsiz kechadi. Shu bois ulardagi kasalliklarni aniqlab, davolash qiyinroq boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”