18:43 / 28.10.2019
15 874

Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva bir-birini to‘ylarining 12 yilligi bilan tabrikladi (foto)

Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva bir-birini to‘ylarining 12 yilligi bilan tabrikladi (foto)
Foto: Instagram / @otabek_muhammadalievich
O‘zbekiston Prezidentining kuyovi Otabek Umarov va qizi Shahnoza Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifalari orqali bir-birini to‘ylarining 12 yilligi bilan tabrikladi.

«Maftunkor kuz oylarining birida taqdirlarimizni o‘n ikki yil avval birlashtirgan bir kun bor. Shaharlar, davlatlar, ish safarlari oramizdagi masofani uzoqlashtirsa-da, ko‘nglimiz doimo yaqin. Ba’zida bir-birimizni tushunmasdan xafalashib qolsak-da, o‘rtamizda iliqlik hech qachon yo‘qolmagan. Biz birgamiz. Butun bir romanga arzigulik voqealarni birga boshdan o‘tkazdik.

Bu kunning eng muhim jihati — unda biz, muhabbatimiz, oramizdagi mehr-u sadoqatimizning borligidir. Men dunyodagi eng baxtiyor kishiman. Chunki yonimda siz @shahulya, borsiz. Quvonchimiz va g‘ururimiz – uchala qizimizda ham sizning husningiz aksi bor. Uyga kiriboq tabassumingiz, farzandlarimiz shodonligidan yuragim to‘ladi. Men sizni sevaman, siz ila yashayman. Shuni aniq bilamanki, kelajakda bizni baxtli kunlar kutyapti, chunki chin muhabbat kun sayin mustahkamlanib boradi», — deb yozadi Otabek Umarov.⠀

Foto: Instagram / @otabek_muhammadalievich

Foto: Instagram / @otabek_muhammadalievich

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva bir-birini to‘ylarining 12 yilligi bilan tabrikladi (foto)