Foto: «Yandeks»
Pensilvaniya shtatidagi olimlar har kuni bitta avokado yeyish tanada «yomon» xolesterin miqdorini kamaytirib, u bilan bog‘liq yurak-qon tomir kasalliklari xavfini pasaytiradi, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda «EurekAlert» press-relizida ma’lum qilingan.
Tadqiqotda semizlik yoki ortiqcha vazndan qiynalayotgan 45 kishi ishtirok etgan. Tajriba boshida ko‘ngillilar ikki hafta davomida ko‘p miqdorda yog‘ va uglevodlar bilan oziqlanishdi. So‘ngra qatnashuvchilar uchta sog‘lomlashtiruvchi parhezdan birini tanlashdi: yog‘i kam, yog‘i o‘rtacha yoki kuniga bittadan avokado yeyish.
Besh hafta o‘tgach avokado iste’mol qilgan qatnashchilarda boshqalarga qaraganda past zichlikdagi lipoprotein darajasi eng kam bo‘lib chiqdi. Bundan tashqari, ularda lyutein antioksidanti darajasi ko‘paygan.
«Yomon» xolesterin deb past zichlikdagi lipoprotein bilan bog‘liq xolesteringa aytiladi. Qonda past zichlikdagi lipoproteinning yuqori darajasi ateroskleroz rivojlanishi xavfi ortishi bilan bog‘liq. Yuqori zichlikdagi lipoproteinlar «yaxshi» xolesterin tashuvchilari hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”