22:04 / 05.11.2019
4 126

Qimirlamasdan ozishni istovchilar uchun olti qoida

Qimirlamasdan ozishni istovchilar uchun olti qoida
Foto: «Kakprosto.ru»
Mutaxassislar jismoniy mashqlarni bajarishga vaqti yo‘qlar uchun ozishning olti usulini ma’lum qildi, deb yozadi «Xabar» nashri.
Taomnomada oqsilga boy mahsulotlarni ko‘paytirish orqali ortiqcha vazndan qutulish mumkin. Gap faqat go‘sht va baliqda emas, yong‘oq, tofu, urug‘, dukkaklilar haqida ketmoqda.

Shuningdek, ozishni xohlovchilar shirin ichimliklardan bosh tortishi shart. Ularning tarkibida kaloriya ko‘p, lekin ozuqaviy qiymatga ega emas.

Uchinchi usul – to‘xtab-to‘xtab ovqatlanish tartibi. Bunda odam har kuni muayyan vaqtda ovqatlanadi. Masalan, sakkiz soat davomida kunlik me’yordagi kaloriyani tanovul qiladi, qolgan vaqtda umuman hech nima yemaydi. Yoki haftasiga uch kun kaloriyaga bo‘lgan kunlik ehtiyojning chorak qismini iste’mol qiladi.

Yana ekspertlar stressni kamaytirishni ham maslahat berishadi. Chunki u tamaddi qilish xohishini chaqiradi. Samarali ozish uchun yana bir qoida – tuniga to‘yib uxlash: kamida sakkiz soatni uyquda o‘tkazish kerak.

Shunga qaramay, jismoniy faollikdan butkul voz kechish yaxshi emas. Negaki, bu albatta trenajyor zaliga qatnash yoki sport bilan shug‘ullanishni anglatmaydi. Piyoda yurish yoki zinadan ko‘tarilish ham yetarli.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qimirlamasdan ozishni istovchilar uchun olti qoida