17:50 / 19.11.2019
15 808

19 noyabr "Xalqaro erkaklar kuni" ekanligidan boxabarmisiz?

19 noyabr "Xalqaro erkaklar kuni" ekanligidan boxabarmisiz?
Avvalam bor, ushbu bayram bilan yurtimizdagi barcha qaddi va qadri baland erkaklarni chin dildan muborakbod etamiz. Shu munosabat bilan bugungi kun haqida qisqacha ma’lumotni e’tiboringizga havola etamiz.

"Xalqaro erkaklar kuni" har yili 19 noyabrda nishonlanadigan xalqaro bayramdir. Bu birinchi marta 1999 yilda Trinidad va Tobagoda nishonlangan bayram hisoblanadi. Keyinchalik ushbu bayram Avstraliya, Karib dengizi, Shimoliy Amerika, Yaqin Sharq, Yevropa va BMT tomonidan qo‘llab quvvatlangan.

Xalqaro erkaklar kunini tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bu - erkaklarni gender kamsitilishiga va gender tengsizligi muammosini bartaraf etish.
Bayram tashkilotchilari o‘g‘il bolalar va erkaklar salomatligini saqlashga e’tibor qaratib kelmoqdalar.
YuNESKO nomidan nutq so‘zlagan Ingeborg Braines: "Bu gender muvozanatni yaxshilash uchun juda yaxshi g‘oya", - deb alohida ta’kidlab o‘tgan.

Hozirgi kunda ushbu bayram dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida, jumladan Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Kanada, Daniya, Norvegiya, Fransiya, Italiya, Irlandiya, Avstraliya, Hindiston, Xitoy, Trinidad va Tobago, Yamayka, Ruminiya, Janubiy Afrika, Tanzaniya, Zimbabve, Botsvana, Seyshel orollari, Avstriya, Bosniya va Gersegovina, Ukraina, Pokiston, Kuba, Antigua va Barbuda, Grenada va Kayman orollari, Vengriya, Gana, Singapur, Malta va boshqa davlatlarda keng nishonlanib kelinmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 19 noyabr "Xalqaro erkaklar kuni" ekanligidan boxabarmisiz?