
Foto: «Edadom.su»
Gipertoniya — yuqori qon bosimi. Bu dard o‘zini umuman namoyon qilmasligi, undan qiynalayotgan bemor esa bosh og‘rig‘i, oyoq-qo‘l uvushishi va bosh aylanishi kabi alomatlarga e’tibor bermasligi mumkin. Biroq o‘tkazib yuborilgan holatlarda gipertoniya insultga olib kelishi muqarrar. Shuning uchun ham qon bosimini tekshirib turish va ovqatlanishni nazorat qilish nihoyatda muhim. Shifokorlar gipertoniklar uchun xavfli bo‘lgan 5 ta mahsulotni sanab o‘tishdi.
Ulardan eng birinchisi — qayta ishlangan go‘sht: uning tarkibida tuz bisyor. Bu dudlangan son go‘shti, kolbasa, sosiska va sardelka. Shifokorlar, shuningdek, muzlatilgan pitssani ham yemaslikni maslahat berishadi. Sababi o‘sha-o‘sha: uning ham tarkibida tuz nihoyatda ko‘p. Uchinchi taqiqlangan mahsulot pomidor konservalari. To‘rtinchisi — oddiy konservalar. Shifokorlar gipertoniklarga yemaslikni maslahat beradigan beshinchi mahsulot — tovuq terisi va qadoqlangan tayyor taomlar. Sababi — transyog‘lar yurakni zaiflashtiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar