08:10 / 02.12.2019
3 375

Olimlar yog‘li taom erkaklar uchun o‘ta xavfliligini aniqlashdi

Olimlar yog‘li taom erkaklar uchun o‘ta xavfliligini aniqlashdi
Kanadaning Monreal shahridagi Makgill universiteti sog‘liqni saqlash markazi mutaxassislari tarkibida juda ko‘p yoh bo‘lgan taomni iste’mol qilish va prostata bezi o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlashdi. Bu haqda MedicalXpress portali xabar qildi.

Tadqiqotchilar 319 kishining ovqatlanish va MYC onkogen namoyish bo‘lishi bilan bog‘liq ma’lumotlarini to‘plashgan. Natijada ratsioni yog‘larga boy kishilarning bunday yog‘larni umuman iste’mol qilmaydiganlarga qaraganda prostata saratonidan o‘lish xavfi 4 baravar yuqori ekanligi haqidagi xulosaga kelishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yog‘larga boy ovqatlarni iste’mol qilish saraton ko‘payishini tezlashtiruvchi to‘qimalarning qayta loyihalanishiga olib kelar ekan va bunda o‘limga olib kelish ehtimoli oshadi.

Hayvon yog‘larining taomdagi hissasini kamaytirish kasallikni dastlabki bosqichidagi rivojlanish sur’atini pasaytirishi mumkin. Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, kelajakda uning natijalari prostata saratoniga chalinganlar uchun maxsus parhezni tuzishda yordam berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar yog‘li taom erkaklar uchun o‘ta xavfliligini aniqlashdi