07:30 / 04.12.2019
4 289

Asal saratonga ham da'vo bo'la oladimi?

Asal saratonga ham da'vo bo'la oladimi?
Qadimgi xalq tabobatida ham “Asal yesang, boʻlmaysan kasal”, -degan hikmatli soʻz bekorga ishlatilmaydi. Tibbiyotda asalning ming dardga daʼvoligi haqida bir qancha maʼlumotlar bor. Bugungi kunda turli xil oʻsma (rak) kasallariga ham daʼvo boʻlishi aniqlangani haqida maʼlumotga egamisiz? Bunday daʼvo usullarini kalamushlar orqali laboratoriyada tekshiruvdan oʻtkazishgan.

Maʼlumotlarga koʻra, rak hujayralari kuzatilgan kalamushlarga Malayziyaning yovvoyi asali hisoblangan Tualang asalini muolaja sifatida qoʻllashgan. Bu muolajani olgan kalamushlar bilan boshqa turda muolaja qilingan kalamushlarning sogʻligida farqlanishlar aniqlangan. Asal organizmiga yuborilgan kalamushlardagi oʻsimtalar oʻsish jarayoni qariyb 30%ga sekinlashgan.

Albatta, birgina sekinlashtirishning oʻzi daʼvo boʻlolmasligi mumkin. Biroq, shu maʼlumotning oʻzi ham saraton kasalligidan aziyat chekuvchilarning umrini birozga boʻlsada uzaytirishi mumkin. Beminnat shifokorimiz boʻlgan asalni kundalik ozuqa ratsioningizga qoʻshishni maslahat bergan boʻlar edik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Asal saratonga ham da'vo bo'la oladimi?