Shamollash mavsumida shuni esda tutish lozimki, yo‘tal sababsiz paydo bo‘lmaydi – u biror-bir: yuqumli, respiratorli yoki virusli turdagi kasallik belgisidir. Yo‘tal – nazorat qilib bo‘lmaydigan, o‘pkani har xil zararli moddalardan himoya qiluvchi reflektorli harakat. U nafas yo‘llaridan ajralib chiqadigan ortiqcha (balg‘am va shilimshiq) moddalarni chiqaradi.
Yo‘tal organizmning yot jismlarga yoki allergiyaga reaksiyasi natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin, lekin ko‘pincha bu refleks, organizm mustaqil yenga oladigan shamollash bilan bog‘liq. Agar kasallik bir necha kungina davom etsa, yuqori harorat va keskin lanjlik holati bo‘lmasa, xalq tabobati vositalarini ishga solsa ham bo‘ladi. Agar yo‘tal bir hafta va undan ortiq davom etsa, bemorning umumiy ahvoli yomonlashsa – bu vrachga murojaat qilish uchun jiddiy sabab bo‘la oladi.
Asal – yo‘talni davolovchi birinchi va eng yaxshi yordamchidir. Kunduzi va uyqu oldidan iliq sut ichish – nafas yo‘llaridagi qichishish va og‘riqni kamaytiradi va tungi yo‘tal xurujining oldini oladi. Balg‘amni chiqarish uchun, bir stakan sutga 2 osh qoshiqda asal va bir chimdim soda qo‘shiladi.
Karam sharbati bilan asal ham yo‘talni kamaytirishga yordam beradi. Asal ta’bga ko‘ra sharbatga qo‘shiladi va kun davomida qabul qilinadi. Emizikli va undan kattaroq bolalarga ham berish mumkin.
Sut – yo‘talni davolovchi eng samarali vosita. U tomoq yallig‘lanishini bartaraf etadi, balg‘amni ajratishga va chiqarishga yordam beradi. Yo‘tal paytida sigir va echki sutlarini qaynatib, iliq holda ichish juda foydali. Yo‘tal juda kuchli hollarda, yarim litr sutga bir boshcha sarimsoq va 2 dona maydalangan piyoz qo‘shib, 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Hosil bo‘lgan suyuq bo‘tqaga yoqimli ta’m berish uchun ozroq asal qo‘shiladi va kuniga 1 osh qoshiqdan 4-5 mahal qabul qilinadi.
Saryog‘li sut. Iliq sut va saryog‘ quruq yo‘talni yumshatishga va tomoq qichishishini bartaraf etishga yordam beradi. Bir stakan sutga 50 gramm saryog‘ solinadi va uyqu oldidan qabul qilinadi.
Bananli sut – yo‘talni davolovchi eng mazali vositadir. Banan bo‘tqasimon qilib maydalanadi, kakao kukuni, qaynoq sut va asal qo‘shilib, blenderda yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan qiyom kechki payt qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
Rossiya Ukrainaning qator mintaqalariga raketalar bilan hujum qildi
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Asir: Ukraina askarlari otishni internetdagi videolar yordamida o‘rganishadi