Foto: «Zen.yandex.ru»
Olimlar odam uchun foydali elementlar orasida miya uchun xaloskor-vitaminni aniqlashdi va unga Ye vitamini deb nom berishdi.
«Rambler»ning aniqlashicha, mazkur vitamin miya to‘qimalari himoyachisi deb ham ataladi. Chunki u kapillyar devorlarini mustahkamlaydi. Bundan tashqari, Ye vitamini nerv uchlarini toksin va erkin radikallardan asraydi.
Muhimi, aynan mazkur vitamin Alsgeymer kasalligi rivojlanishini to‘xtatadi. Mazkur xastalikka yangi ma’lumotlarni eslab qololmaslik, xotira susayishi, kayfiyat o‘zgaruvchanligi, jizzakilik, nutq va tushunish funksiyasi buzilishi xos.
Ushbu biologik faol vitamin, ayniqsa, toliqqanda, nevrasteniya yoki katta jismoniy yuklamalarda ayni muddao.
Oregon universiteti olimlari umri davomida Ye vitamini tanqis bo‘lgan baliqlar ustida tajriba o‘tkazishdi. Buni qarangki, ularda DHA-PC biomarker darajasi taxminan 30 foizga kam chiqqan. Aynan shu birikma esa miya hujayra membranalarini tashkil etadi.
Mazkur ko‘rsatkichning pastligi hujayra membranalari shikastlanishiga va neyronlarning halok bo‘lishiga olib kelgan. Aynan Ye vitamini miya uchun nihoyatda muhim bo‘lgan molekulalar yo‘qolishining oldini olishga yordam beradi.
Ta’kidlash joizki, britaniyalik mutaxassislar erkak va ayollarga kuniga 4 va 3 milligrammdan Ye vitamini qabul qilishni maslahat beradi.
O‘simlik yog‘i, sut, tuxum, pista, yong‘oq, dukkaklilar, jigar, suli, avokado, kungaboqar pistasi va tananing ko‘pgina funksiyalari uchun foydali bo‘lgan zig‘ir urug‘ida Ye vitamini bisyor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaga “zudlik bilan” mahbuslarni almashishga tayyorligini bildirdi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi