
1) Rafiqasining bekordan-bekorga begona erkaklar bilan gaplashmasligini, erkaklar bilan gaplashish zarurati tug‘ilganda o‘zini jiddiy tutishini...
2) Ayolining tashqi qiyofasiga, kiyim-kechagiga e’tiborli bo‘lishini, ozoda yurishini...
3) Rafiqasining hayotida nechog‘liq o‘rin tutishini bilishni, uning maqtovini eshitishni...
4) O‘zi haqida gap ketganda rafiqasining kamsituvchi, qo‘pol so‘zlarini eshitmaslikni, hurmat qilishini...
5) Turli tashvish va muammolar yuz bergan paytda ayolining ruhiy madad berishini...
6) Kamchiliklarini eng yaqin qarindoshlariga ham aytmasligini...
7) Rashkini keltirib, boshqa erkaklarni maqtab, ko‘kka ko‘tarmasligini...
8) Ishdan kelganda rafiqasining ochiq chehra bilan kutib olishini, e’tiborli bo‘lishini...
9) Ota-onasiga yaxshi muomalada bo‘lishini...
10) Uning kamchilik va qusurlariga ko‘z yumishini...
11) Farzandlarining oldida yerga urmasligini, kamsitmasligini...
12) Oilaviy sirlarni ko‘chaga yoymasligini, erini birovlarga yomonlamasligini...
13) Bekordan-bekorga rashk qilmasligini...
14) Farzandlariga madaniy va ma’rifiy tarbiya berishini...
15) Turli janjallarga sabab bo‘luvchi g‘iybatlarga, nizolarga, janjallarga aralashmasligini istaydi…
Qudratulloh Ahmad tayyorladi
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar