15:47 / 07.01.2020
4 138

Danning effekti yoxud Mister Ahmoqlar haqida...

Danning effekti yoxud Mister Ahmoqlar haqida...
1999 yil Kornel universitetida insonning bilim darajasi va undagi o‘ziga bo‘lgan ishonch to‘g‘risida tadqiqot o‘tkaziladi. Bu tadqiqot natijalari, tadqiqotni olib borgan olimlarning nomi bilan, Danning-Kryuger effekti deb nomlandi.

Unga ko‘ra, kishining bilimi qancha kam bo‘lsa, u o‘zini shuncha ko‘p narsa bilaman deb o‘ylaydi. Va aksincha, kishi ko‘p ma’lumotga ega bo‘lgan sari, haqiqatni bilishiga bo‘lgan ishonchi ma’lum vaqtgacha kamayib boraveradi.

Bu narsa bir ilm bo‘lsin, voqeadan habardorlik yoki malakaviy tajriba bo‘lsin, odam qancha kam bilsa, o‘zini shunchalar aqlli va haq deb ishonadi.

Danning effekti grafikasida ma’lumoti juda oz, ammo o‘zini o‘ta aqlli yoki bilog‘on deb biladigan kishilar erishadigan cho‘qqiga, "Mister ahmoq cho‘qqisi" deb nom berildi.

Bu cho‘qqidagilar aslida ahmoq bo‘lsalar ham, o‘zlarining haqligiga 100% ishonadilar. Va boshqalarni, jumladan bu sohadagi olimlarni inkor qiladilar. Shuning uchun, ular oddiy ahmoq emas, Mister ahmoq yoki janobi ahmoq oliylari deyiladi. O‘zlari ahmoq bo‘lsalar ham, o‘zlaridan janob yasab olishadi.

Bu ahmoqlarning o‘ziga ishonch bilan gapirayotgan gaplarini eshitgan mavzudan umuman xabarsiz odamlar, bu o‘ziga ishonib gapirayaptimi, demak bir narsani biladi deb, unga ishonib qolishadi.

Danning effekti hayotning turli sohalarida uchraydi. Bu hunarmandchilik bo‘lsin, chet tillari, boshqa kasblar, dunyoviy ilmlar, xalqaro munosabatlar va hokazo, barcha sohalarda uchraydi.

Eng xatarlisi, bu effektning diniy bilimlarda uchrashidir. Diniy bilimlarni endigina o‘rgangan, ilk qadamlarni tashlagan odam, o‘zini juda aqlli deb o‘ylaydi va achinarlisi shunga 100% ishonadi. Boshqa undan bilimliroq insonlarning ishlaridan va fatvolaridan "xato" topadi va hakazo...

Ana o‘shanday qaysar mister ahmoqlar cho‘qqisida qolib ketishdan Alloh asrasin. Ilmimizni O‘zi ziyoda qilsin!

Said Komil

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Danning effekti yoxud Mister Ahmoqlar haqida...