Oxirgi vaqtlarda populyatsiyasi tobora kamayib borayotgan arilar dunyo yuzidan yo‘qolsa, insoniyat ham tanazzulga yuz tutadi. Buyuk Britaniya olimlari aynan shu fikrga kelishdi.
Chunki insoniyat iste’mol qiladigan 90% mahsulot aynan arilarning faoliyati natijasida yetishtiriladi. So‘nggi 10 yilda arilar populyatsiyasi 30% ga qisqargan. Arilar madaniylashgan o‘simliklarning 75%., yovvoyilarning 94% ni changlatadilar.
Agarda o‘simliklar changlanib, meva bermasa, so‘ng urug‘idan ko‘paymasa insoniyat va hayvonlar ochlik yoqasiga kelib qoladilar. Arilarning halokatiga quyidagilar sabab bo‘lmoqda:
— dalalarda kimyoviy o‘g‘itlar, pestitsidlarning ishlatilishi;
— ari kasalliklari;
— havo haroratining ko‘tarilishi, issiq havoda arilar uyquga kam ketadilar, bu esa ularning holsizlanishi va o‘limiga sabab bo‘ladi.
Olimlar arilarni asrash lozimligini ta’kidlashmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2019 yil bahorida samarqandlik asalarichilar bahorgi asal hosilini olishmadi. Sababini ular bahorning yomg‘irli kelishi bilan birga mevali daraxtlar va qishloq xo‘jaligi ekinlari zaharli kimyoviy moddalar bilan noto‘g‘ri ishlanishida, deb ko‘rishmoqda. Ushbu holat sayyoramiz uchun xavfli hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi