Xalqaro Sog‘liqni saqlash tashkilotining saytida koronavirusning oldini olish uchun quyidagi tavsiyalar berildi:
— qo‘lni doimo sovun bilan yuvish yoki qo‘l uchun maxsus sanitarlik gelidan foydalanish;
— yo‘tal paytida og‘iz va burunni lastro‘molcha yoki qo‘l bilan to‘sish;
— gripp bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotdan qochish;
— go‘sht va tuxumni yaxshilab maromida qaynatish;
— yovvoyi va uy hayvonlari bilan himoyalanmagan muloqotdan qochish;
Feysbukdagi guruhlarda yozilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi maktablarda dushanba kundan niqoblarni majburan almashtirib taqishni joriy etmoqchi. Mantiqan to‘g‘ri. Biroq XSS ma’lumotlariga ko‘ra, umuman olganda xalqaro amaliyotga binoan bolaga doim qo‘lini tozalab yuvib turish shartligini uqtirish zarur.
— Qo‘l uchun ishlatiladinan gellar har bir savdo shahobchasida 3-4 ming so‘mdan sotiladi. Sotib olib bolaga uning qo‘llanishini tushuntiring va bugunoq ryukzagiga solib qo‘ying.
Aziza Umar kundaligida yozilishicha, Singapurdagi maktablarda bunday gellar katta idishlarda har bir qavatda bo‘lib, bolalar kuniga 5-6 marta kelib qo‘llarini dezinfeksiyalash uqtirilgan. Har qanday yuqumli kasalliklar epidemiyasining oldini olish uchun yordam beradinan yaxshi odat. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi