Foto: Pixabay
Smartfon va kompyuterlardan haddan ortiq foydalanish miya charchog‘i va depressiyaga olib keladi. Yaponiyalik olimlar tadqiqotlardan so‘ng shunday xulosaga kelgan.
«Okumura» xotira klinikasi direktori Ayumi Okumuraning ta’kidlashicha, oxirgi vaqtlarda xotirasiga zarar yetgan odamlar soni ko‘paygan. Klinikaga asosan 30 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan bemorlar murojaat qilmoqda.
Shifokor bu holatni odamlar telefon va kompyuterlardan faol foydalana boshlagani bilan izohladi. Haddan ortiq ma’lumot olinishi natijasida miya charchaydi. «Odam miyasi bu qadar ko‘p ma’lumotni qayta ishlay olmasligi natijasida «axlat qutisi»ga aylanadi», — deydi Okumura.
Olimlar ovqatlanish vaqtida, ishda va televizor ko‘rish asnosida telefondan foydalanmaslikni maslahat berishdi. Shuningdek ko‘proq uxlash kerak, chunki uyqu vaqtida miya dam oladi va tiklanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi