14:48 / 13.03.2020
5 220

Olimlar alkogolizmga qarshi kurashning eng samarali usulini aytishdi

Olimlar alkogolizmga qarshi kurashning eng samarali usulini aytishdi
Stenford universiteti olimlari "12 qadam" dasturini alkogolizmga qarshi kurashda eng samarali usul deb atashdi. Tadqiqot natijalari Cochrane tizimli sharhlar ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi deya xabar beradi Sof.uz.

Mutaxassislar alkogolizmdan aziyat chekayotgan o‘n mingdan ortiq odamlarning tibbiy tarixini tahlil qilishdi va deyarli barcha holatlarda "12 qadam" dasturi boshqa dasturlarga va kasallikni davolashning muqobil yondashishlariga qaraganda samaraliroq degan xulosaga kelishdi.

“12 qadam” dasturining turli xil versiyalari beshta mamlakatdagi turli xil odamlarga, shu jumladan urush qatnashchilari va ichuvchi oddiy fuqarolarga, yoshlar, keksa erkak va ayollarga yordam berishda teng darajada samarali bo‘ldi. Bu yondashuv haqiqatan ham ishlayotganidan dalolat beradi, – deya ta’kidladi tadqiqot mualliflaridan biri, professor Keyt Xemfri.

Olimlar ushbu dasturning muvaffaqiyati uning ijtimoiy munosabatlarga va boshqa ishtirokchilarning hissiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligiga bog‘liq.

"12 qadam" — bundan 80 yil oldin ishlab chiqilgan alkogolizm bilan kasallangan odamlarni reabilitatsiya qilishning ijtimoiy-psixologik modeli. "Qadamlar" deganda alkash asta-sekin ularni qabul qilib, amaliyotiga tadbiq etadigan va bu orqali ichkilikdan to‘liq forig‘ bo‘ladigan prinsiplarga aytiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar alkogolizmga qarshi kurashning eng samarali usulini aytishdi