09:28 / 17.03.2020
6 339

Qanday maska viruslardan yaxshiroq himoya qiladi?

Qanday maska viruslardan yaxshiroq himoya qiladi?
Himoya maskalarining qanday turlari bor, ulardan qaysi biri koronavirusdan himoya qilishga qodir va maskalardan qachon va qayerda foydalanish kerak – ushbu savollarga javoblar.

Koronavirus boshlangan aniqlangan Uxan shahrida suratga olingan barcha foto va videolarda epidemiyaning birinchi kunlaridanoq odamlar ommaviy tartibda himoya maskalarida yurganini ko‘rgan edik. Bu haqda ochiq manbalardan olingan ma’lumotlar asosida Sputnik nashri ma’lum qiladi.

Tibbiyot maskalari
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tibbiyot maskalari taqishni maslahat beradi, chunki ular havo orqali viruslar tarqalishini cheklashi mumkin. E’tibor bering faqat “cheklashi mumkin” deyilgan, “to‘liq himoya qiladi”- deyilmagan. Shaxsiy havo tozlash vositasini tanlaganda ularning turi va klassiga e’tibor berish kerak.

Oddiy tibbiyot maskasi
Tibbiyot mutaxassilari aytishiga qarganda eng oddiy to‘rtburchak tibbiyot maskalarining himoya darajasi unchalik katta emas.

- Maska har bir virusni ushlab qola olmaydi, lekin yuzga taqilgan maska mayda suv, so‘lak va changdan himoya qilish mumkin. Aslida viruslar ham havoda alohoda uchib yura olmaydi, aksariyat hollarda ular so‘lak yoki chang bilan birga “sayohat qiladi”, - deydi virusolog Aleksandr Lukashev.

Eng oddiy to‘rtburchak maskalarning kamchillik tomoni shunda-ki – ular odam yuziga yaxshi yopishib turmaydi, bo‘shliqlar ko‘p bo‘ladi. Ikkinchidan ularning himoya qilish muddati juda qisqa – 2 soat. Shu muddatdan so‘ng ularni yechish kerak.

Anatomik himoya maskalari – ular inson yuzi profilishi takrorlash xususiyatiga ega bo‘lib, jag‘ va burun shaklini to‘liq takrorlaydi va ochiq hududlar qoldirmaydi. Shuningdek anatomik himoya maskalari ko‘proq vaqt davomida foydalanish mumkin. Anatomik maskalar oddiy maskaga nisbatan 20-30 % samaraliroq hisoblanadi.

Respiratorlar
Respiratorlar - bir necha qavatli qalin va maxsus materiallardan ishlab chiqariladi. Ehtiyoj bo‘lmaganda ularni taqish tavsiya etilmaydi, chunki ular respirator orqali nafas olish oson emas, kishining yuzi terlashi, ba’zan havo yetishmasligini his qilish mumkin. Ko‘nikish talab qilinadi.

Respiratorlardan, odatda, qurilish sohasida chang, sement, steklovata, kraska va turli gazlardan himoya maqsadida foydalaniladi. Respitartorlar xalqaro standart bo‘yicha 3 guruhga bo‘linadi. Shuningdek respiratorlar klapanli va klapansiz bo‘ladi.

FFP1 (yoki N95) - 80 % himoya

FFP1 toifasidagi respirator
Bu yirik chang va sement va boshqa jismlardan himoya qilishga qodir. FFP1 guruhi - havo ifloslanish darajasi 4 PDK (GOST - predelno dopustimaya konsentratsiya) gacha bo‘lgan ifloslanish darajasidan himoya qilishga qodir. Havoni tozalash samaralilik darajasi – 80 %ni tashkil qiladi.

FFP2 guruh - 94 % himoya

FFP2 toifasidagi repirator
FFP2 guruhi – kichik chang zarrachalari, kichik aerozol tomchilari, ko‘mir changi, elektrosvarka zararli moddalarini ushlab qoladi. Rossiya GOSTi bo‘yicha 12 PDKgacha bo‘lgan ifloslanish darajasidan himoya qilishga qodir. Havoni umumiy tozalash samaraliligi– 94 %ni tashkil qiladi.

FFP3 guruhi - 99 % himoya
FFP3 toifasidagi repirator

Ushbu guruh respiratorari toksik chang, asbest, radioaktiv chang, bakteriya va viruslar hamda mog‘or urug‘larini ushlab qolishga qodir. Rossiya GOSTi bo‘yicha 30 PDKgacha bo‘lgan ifloslanishidan himoya qilishga qodir. Havoni umumiy tozalash samaraliligi– 99 %ni tashkil qiladi.

Necha soat taqish mumkin?
Havo iflosligi va foydalanish sharoitiga qarab maskalardan 2 soatdan 8 soatgacha foydalanish mumkin. Eng oddiy maskalar har 2 soatda almashtirilishi kerak.

Klapanli maskalar foydalanish davomiyligini uzaytiradi, chunki klapan odam ichidan chiqayotgan nam havoni tez tashqariga chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Buning natijasida maska uzoq vaqt quruq turadi va havoni filtrlash xususiyati yuqori darajada saqlanib qoladi.

Ko‘pchillik nam doka changni yaxshi ushlab qolishini biladi, lekin maska xususida bunday qoida amal qilmaydi. Chunki maskalar chang zarrachalarini mexanik uslubda (to‘r sifatida) emas balkim elektrostatik uslubida ushlab qoladi. Ya’ni chang zarrachalari maxsus membranaga yopishib qoladi. Membrana namlanishi esa uning samaradorligini kamaytiradi.

Maskadan qachon va qayerda foydalanish kerak?
Ochiq havoda, atrofda odam kam bo‘lsa maskadan foydanish shart emas, virusning o‘zi bunday vaziyatda tez qurbon bo‘ladi. Bunday vaziyatda maska nafas olishni qiyinlashtiradi xolos.

Xona ichida va yaqin 1-2 metr masofada gripp va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallangan, yo‘talayotgan odamlar bor joyda maskadan foydalanish kerak.
Ha aytmoqchi, bunday respiratorlar aptekada emas, qurilish mollari do‘konlarida sotiladi!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday maska viruslardan yaxshiroq himoya qiladi?