
Parents.ru
Ispaniya ovqatlanish va diyetologiya akademiyasining mutaxassislari tushuntirishicha, oziq-ovqatning o‘zi koronavirusni oldini ololmaydi va albatta, uni davolamaydi ham. Ammo infeksiyadan himoyalanish va unga qarshi kurashish mexanizmlari, shuningdek organizmning tiklanish qobiliyati aynan ovqatlanish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Shuning uchun tananing tabiiy himoyasini va infeksiyani keltirib chiqaradigan patogenli mikroorganizmlarga qarshi reaksiyani kuchaytirish uchun yetarli ovqatlanish kerak, dedi ovqatlanish mutaxassisi Alma Palau.
Ispaniyaning ovqatlanish va parhezlar akademiyasi prezidenti Juzeppe Russolilloning so‘zlariga ko‘ra, parhez "muvozanatli va xilma-xil" bo‘lishi kerak, hamda meva va sabzavotlar (prebiotiklarning manbai), don mahsulotlari, yog‘siz go‘sht, baliq, tuxum, sut mahsulotlari (probiotiklarning manbai) bo‘lishi kerak.
Ayniqsa, baliq, yong‘oq va zaytun moyi tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalariga alohida e’tibor qaratish lozim. Ular yallig‘lanishga qarshi ta’sir kuchiga ega bo‘lib, immunitetni yaxshilashga yordam beradi, deydi mutaxassis. Sog‘lom uyqu, jismoniy faollik va yomon odatlardan voz kechish immunitetni mustahkamlashga yordam beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar