19:29 / 30.03.2020
3 009

Ajinlardan himoyalanamiz

Ajinlardan himoyalanamiz
E’tibor berganmisiz, ba’zi insonlarni uchratganingizda ko‘rinishidan 50 yoshli deb o‘ylaysiz, ammo aslida 40 yoshlar atrofida yoki undan ham yoshroq bo‘lib chiqishadi. Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz? Albatta, hayot qiyinchiliklari, oila tashvishlari bilan bo‘lib, qolaversa turmush davomida orttirilgan kasalliklar asorati tufayli inson tashqi ko‘rinishini urintirib qo‘yadi.

Go‘zallik borasida ko‘proq ayollar qayg‘urar ekan, tadqiqotlarga ko‘ra hayotda asabiy hollarga ko‘p bor duch keluvchi, o‘ta e’tiborli, hamma narsani nazoratda tutib turishga intiluvchilar ham aynan ayollar ekan. Chunki bugunning ayollari nafaqat farzand tarbiyasida, oilada na’munali beka, balki jamiyatda o‘z mavqeiga ega bo‘lgan fuqarolar sanaladi.

Tashqi ko‘rinish va salomatlikni birinchi o‘ringa qo‘ya olmasangiz ham, o‘z vaqtida e’tiborli bo‘lsangiz keyin afsuslanmaysiz. Bugun yuzingizni ajinlardan saqlash uchun maslahatlar berib o‘tamiz.

•Agar noqulaylik tug‘dirmasa, osmonga qarab uxlang. Qay holatda uxlash ham inson salomatligini oshkor qiladi. To‘shakda orqa bilan osmonga qarab uxlaydigan insonlar sog‘lom hisoblanar ekan.
•Yetarlicha suv iching. Suv nafaqat yuz go‘zalligini, balki butun organizm salomatligini yaxshilovchi tabiiy vositadir;
•Asabiylashganda o‘zingizni tinchlantirishga harakat qiling, yuz mimikangizga erk bermang;

•Yuzingizni ko‘p yuvmang, yuz terisi eng nozik soha bo‘lib, haddan ortiq suv bilan yuvish uning himoya qatlamiga zarar yetkazadi;
•Yuvganda sovundan foydalanmang, yuz uchun maxsus tozalovchi vositalar ishlating;
•Yuz uchun krem tanlayotganda tarkibida S vitamini mavjudligiga ahamiyat bering;
•Soya dukkaklaridan tayyorlangan niqoblar ham juda foydalidir, ular hatto quyoshdan zararlangan teri uchun qo‘llaniladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ajinlardan himoyalanamiz