Yaponiyalik olimlar issiq vanna qabul qilish qon bosimini pasaytirib, yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytirishini va yurak xuruji hamda insultni oldini olishini ma’lum qildi. Bu haqda Daily Mail'ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qiladi.
Osaka universiteti tadqiqotchilari 19 yil davomida 45 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan 43 mingdan ortiq yaponiyaliklarning sog‘lig‘i va odatlarini o‘rganishdi.
Ular issiq vannani tez-tez qabul qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 28 foizga kamaytirishini aniqlashdi. Shu bilan birga, issiq suvli vanna yurak kasalligi xavfini 36 foizga, suvi iliq vanna esa 26 foizga kamaytirishi ma’lum qilindi. Umuman olganda, odamlar qanchalik ko‘p yuvinsalar, qon tomirlari va yurak sog‘lig‘iga shunchalik yaxshi ta’sir qiladi, deyiladi olimlar xulosasida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi