Koronavirus infeksiyasi ko‘plab homilador ayollarning tug‘ish rejalarini o‘zgartirib yubordi va hatto yangi chaqaloqlarning uyda dunyoga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagi surat 10 kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda qalblarni zabt etgan. Kichik Faolan 14 mart, shanba kuni Irlandiyaning Drogxeda shahrida tug‘ildi. Bobosi birinchi nabirasini derazadan ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. U kichkintoyga oynadan 10 daqiqa tikilib turdi. Go‘dakni ko‘rib turgan, ammo bir muddat uni ushlab, ko‘tarish baxtidan mosivo bo‘lish bobosi uchun juda og‘ir holat, deydi onasi Emma Dillon Gallagher.
Buyuk Britaniyada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ota-onalari singari, Emma va uning eri Maykl 14 kun davomida alohida yashashdi, oila a’zolari tashrif buyurganlarida esa deraza oldida navbat bilan turishdi. Yuqoridagi uch avlodning masofaviy suratiga ijtimoiy tarmoqlarda 730.000 like bosildi.
Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi tufayli bunday holatlar ko‘plab kuzatilmoqda. Tug‘ruq jarayonini jarrohlik operatsiyasi bilan o‘tkazuvchi onalar bu holatdan ko‘proq aziyat chekmoqda. Ularning salomatligiga uy sharoitida qat’iy e’tibor qaratilib, tug‘ruq jarayoni imkon bo‘lsa uyda yoki nazorat ostida kasalxonalarda o‘tkazilmoqda. Zaruratga ko‘ra ona va uning yaqinlari karantin holatiga olinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
2025 yili 2 mln gektardan ziyod yerda meva-sabzavot, dukkakli va poliz mahsulotlari ekiladi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
2024 yilda Rossiyani bir million migrant tark etdi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari