Foto: Good housekeeping
Parhez tutish uchun xohish va motivatsiya bo‘lishi kerak degan tushuncha bor, aslida esa parhezning qanchalik ta’sir qilishida yosh, organizmda metabolizm qandayligi, genetika kabi boshqa omillar ham rol o‘rnaydi. Har kimning organizmi, yoshi va geni turli ekani nuqtai nazaridan parhez ham hammaga har xil ta’sir o‘tkazadi.
Kimgadir shunchaki shirinlikdan voz kechish, boshqa bir odamga bo‘lsa 16 soat och yurish yoki ratsioniga oqsil qo‘shish kerak bo‘ladi. Elle nashrining yozishicha, Stenford tibbiyot maktabi olimlari tadqiqot o‘tkazib, parhez samaradorligini oshirish uchun 3 universal qoida ishlab chiqqan.
Tadqiqotda, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan 609 kishi ishtirok etgan, ishtirokchi ayol va erkaklar soni bir-biriga teng bo‘lgan. Tadqiqotchilar biologik omillar va turli parhezlar o‘rtasidagi munosabatni kuzatgan. Ishtirokchilarning yarmi, 1 yildan ko‘p vaqt mobaynida ketogen parhez tutgan, ya’ni kam uglevod, ko‘p miqdorda yog‘ va oqsil iste’mol qilgan. Qolgan yarmi bo‘lsa, tarkibida yog‘ va uglevod kam, oqsil ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilgan. Tajriba dinamikasini kuzatgan tadqiqotchilar quyidagi xulosalarga kelgan.
To‘yimli mahsulotlarni tanlash kerak
Taomnomaga balanslovchi mahsulot qo‘shib parhezni «aldash» mumkin. Tabiiy va sifatli mahsulotlar xususan baliq, sabzavotlar, shirin bo‘lmagan mevalar, o‘simlik yog‘i kabilarni iste’mol qilish kerak. Masalan, pishloq o‘rniga avakado yeyish kerak chunki ushbu meva vitaminlarga boy hisoblanadi.
Foto: Yoga Journal
Oq undan tayyorlangan taomlardan voz keching
Chunki bunday taomlar siz intilayotgan vazn raqamidan faqat va faqat uzoqlashtiradi. Yaxshisi, don mahsulotlaridan tayyorlangan nonni, quymoq va pankeyk tayyorlash uchun bodom unini tanlang.
Foto: Healthline
Parhez asosini sabzavotlar tashkil qilsin
Sabzavotlar tarkibida kaloriya kam va vitaminlar ko‘pligi bilan ahamiyatli. Sabzavotga boy taomni iste’mol qilar ekansiz, o‘zingizni uzoq vaqt to‘q his qilasiz va organizmingiz zararli mahsulotlardan uzoq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi