2 387
Koronavirus pandemiyasi sharoitida tibbiy niqoblar taqib yurish zarur ekani isbotlandi
Foto: Getty Images
Tibbiy niqoblar koronavirus tarqalish sur’atlarini kamaytira oladi. Bu haqda Nature Medicine jurnalida chop etilgan olimlar xalqaro guruhining tadqiqotida ma’lum qilingan.
Laboratoriya sharoitlarida niqoblar bemorlarning turli viruslardan muayyan birliklarini yuqtirishining oldini olgan. Ushbu infeksiya zarrachalari Gesundheit maxsus apparati yordamida kuzatilgan, uskuna odamning nafas olishini kuzatib, havo tarkibini tahlil qiladi. Mutaxassislar tibbiy niqoblarning taqib yurilishi COVID-19 pandemiyasi sharoitida zarur chora ekanligini isbot qilgan.
Tajribada respirator virusli infeksiya yuqtirib olgani gumon qilinayotgan 246 nafar odam ishtirok etdi. Gonkong universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar 111 kuzatiluvchining nafas zarralarida turli virus birliklari kuzatilgan va ular nafas olgan vaqtda ular havo bo‘ylab tarqalgan. Niqoblar atmosferaga chiqarilgan rinovirus birliklariga ta’sir qilmagan.
Gesundheit II apparati ixtirochisi Jon Milton niqoblarning viruslardan himoyalanishdagi eng yaxshi vosita emasligini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoat joylarda ventilyatsiyaning yaxshilanishi, ultrabinafsha nurlar chiqaruvchi lampalar qo‘yilishi, viruslar va bakteriyalarni o‘ldiradi va infeksiyalarga qarshi kurashda samara beradi.
4 aprel kuni AQSH kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari tashkiloti (CDC) jamoat joylarida ipak matodan qilingan niqoblar bilan yurishni tavsiya qilgan. Tashkilot niqoblarni, hatto ular qo‘lda tikilgan bo‘lsa ham hamma, koronavirus alomatlari kuzatilmagan bemorlar ham taqib turishi lozim. Bayonotda, COVID-19 tashuvchilari o‘zlari kasallik yuqtiruvchisi ekanliklarini bilmasligi va asosiy zararlovchi bo‘lishda davom etishi mumkinligi qayd etilgan. Mart o‘rtalarida CDC faqat koronavirus yuqtirib olgan bemorlarga qarayotgan tibbiyot xodimlarigina niqob taqishi zarurligi haqida ma’lum qilgandi.
Avval AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirsdan himoyalanish uchun barcha tibbiy niqob taqishi lozimligi, biroq o‘zi ushbu qoidaga amal qilmasligini, sababi tibbiyot buyumlarini shifokorlar uchun asrash kerakligini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi