Foto: Twitter
Bahor faslida ko‘pchilikda avitaminoz, ya’ni organizmda vitamin yetishmovchiligi kuzatiladi. Bunda holsizlik, charchoq va lohaslik bezovta qiladi, kishining vitaminga bo‘lgan ehtiyoji yuqori bo‘ladi. Cosmopolitan nashri bahor faslida yetishmovchiligi kuzatiladigan vitaminlar asosan qaysi ekaniga to‘xtaladi.
C vitamini
Bahorda immunitet tushishi oqibatida shamollash va gripp bilan kasallanishga moyillik ortadi. C vitamini esa antioksidant hisoblanib, organizmni turli kasalliklardan himoya qilish xususiyatiga ega. C vitamini asosan sitrus mevalarda bo‘lgani sabab ratsioningizga mandarin, apelsin, limon, shuningdek, ko‘katlarni kiritish tavsiya qilinadi. Organizmda ushbu vitamin yetarli bo‘lsa, qondagi xolesterin miqdori kamayadi va asab sistemasi tiklanadi.
D vitamini
Ushbu vitaminning asosiy manbasi quyosh hisoblanadi. Vitamin A, suyak va mushaklar baquvvat bo‘lishi, miya va yurak faoliyatini yaxshilanishi hamda kayfiyatning chog‘ bo‘lishida ahamiyatli hisoblanadi. Organizmda ushbu vitamin yetishmasa turli kasalliklar kelib chiqaveradi.
Kalsiy
Ushbu mikroelementning odam organizmidagi har bir hujayra, xususan, suyaklarga ta’siri beqiyos. Kalsiy yetishmasa suyaklar qirtillashi, tirnoq sinishi va soch to‘kilishi kabi alomatlar kuzatiladi. Agar sizda shu kabi belgilar kuzatilsa, ratsioningizga zudlik bilan kalsiyga boy mahsulotlarni kiriting hamda bunday vaqtda turli parhezlarni to‘xtatib turing.
Magniy
Doim shirinlik yegingiz kelaveradimi? Unday bo‘lsa, organizmingizda magniy kamayib ketgan bo‘lishi mumkin. Mushaklarning spazmi, uyqusizlik, qattiq bosh og‘rishi va asabiylashish ham, ushbu vitaminning yetishmaslik belgilaridan hisoblanadi. Odam organizmi uchun magniyning kundalik normasi 350−800 mg tashkil qiladi. Magniy asosan yong‘oq, ko‘katlar, baliq va barra mevalar tarkibida bo‘ladi.
Temir
Bo‘shashish, hech nima qilishni istamaslikni bahorgi depressiyaga aloqasi yo‘q. Shunchaki sizga temir yetishmayapti. Bunday vaziyatda jigar, grechka, suli yormasi, yong‘oq, shaftoli, ismaloq va quritilgan mevalarni yeyish tavsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi