14:26 / 25.04.2020
2 820

Uzoq umr ko‘rishning noodatiy 7 uslubi

Uzoq umr ko‘rishning noodatiy 7 uslubi
Umrni uzaytirish borasida bir qancha tavsiya va maslahatlardan xabardor qilamiz. Bu galgi tavsiyalarimiz ham sizni befarq qoldirmaydi.

Har kuni tishlaringizni yuving – 1 yil qo‘shiladi
Agar tishlaringizni yuvishni unutmasangiz, bir qator muammolarni ortda qoldirasiz: milkning kasallanishi, tish yemirilishi va tushishi. Milki og‘rigan insonlarda asosan buyrak va qandli diabet bilan og‘rishga moyillik kuzatiladi.

Muntazam shifokor ko‘rigidan o‘tish – yarim yil qo‘shiladi
Shifokorlarning doimiy huzuriga borish kasallikning oldini olish yoki uni butkul bartaraf etishga sabab bo‘ladi. Bu ham insonning umrini uzoqlashtirishga yarim yil qo‘shiladi.

Texnologik qayta ishlangan go‘shtni tanovul qilmang – 4 yil umr qo‘shiladi
Taomni tez pishiradigan restoranlarda iste’mol qilishni kamaytiring. Ular sizning hayotingizga salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Agar buni oldini olishni uddasidan chiqsangiz, umringizni 4 yilga uzaytirasiz.

Doimiy jismoniy mashg‘ulotlar – 5 yil qo‘shiladi
Jismoniy mashg‘ulotlar bilan doimiy ravishda shug‘ullanish insonni umrini uzaytirishi hech kimga sir emas. Haftasiga 2-3 marotaba jismoniy mashg‘ulotlar bajarish foydalidir. Bu bilan siz yurak kasalliklari, qandli diabetni xavfini kamaytirasiz.

Yetarli miqdorda kalsiy iste’mol qiling – yarim yil qo‘shiladi
Kalsiy insonga foydali hisoblanadi. Siz kuniga nonushtangizga pishloq, sut mahsulotlarini qo‘shib borsangiz, u sizni umringizga foydali hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uzoq umr ko‘rishning noodatiy 7 uslubi