14:05 / 29.04.2020
3 272

Karantinda sochlarni qanday parvarish qilish kerak? Kal boshni-chi?

Karantinda sochlarni qanday parvarish qilish kerak? Kal boshni-chi?
Foto: Meduza
Meduza karantinda sochlarni va kal boshni parvarishlash haqidagi maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi.
Rangsizlantirish — yo‘q, sochni kesish— o‘zingizga ishonsangiz, bo‘yash — bo‘lishi mumkin

Sochni rangsizlantirish bilim va malaka talab etadigan murakkab jarayon. Agar jarayonda xatoga yo‘l qo‘ysangiz, sochingiz to‘kilib ketishi ham mumkin. Rangsizlantirilgandan keyin sochga surtiladigan bo‘yoq ham sochlaringizga yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin

Sochni kesishga kelsak, mo‘ljalni to‘g‘ri ololmay o‘zingiz rejalashtirgan turmakni chiqara olmasligingiz mumkin.
Ushbu tajribalarni sinab ko‘rish uchun ayrimlar hatto quarantine hair, ya’ni karantin sochlar maxsus so‘z birikmasini ishlatmoqda. Yaqqol misollar:

Don't let "quarantine hair" happen to you ??‍♀️ Tag your stylist

Опубликовано Jaime French Понедельник, 13 апреля 2020 г.

Uy sharoitida rangsizlantirmasdan ham sochlarni bo‘yash mumkin. Biroq ayrim jihatlarga e’tibor bergan holda. Amerika dermatologiya akademiyasi ayollarga tabiiy soch rangidan uzoqlashmaslikni maslahat beradi. Ularning fikricha, to‘q rangli sochlar och rangli sochlardan yaxshi hisoblanadi.

Uchta yoki undan kam jiloga farq qilish — ideal. Bunda sochlar kamroq zararlanadi.

Keyingi tavsiya: bo‘yoq yo‘riqnomasiga amal qiling. U yerda qo‘lga bo‘yoq yuqib qolmasligi uchun qo‘lqopdan foydalanish, shuningdek, bo‘yoqning sizga allergiya bermasligi uchun uni sochga surtishdan oldin teriga surtib, 48 soat kutish kerakligi yozilgan. Agar terida qichishish kuzatilsa, bu bo‘yoqdan foydalanmang.

Sochlarni bo‘yamasangiz, undan ham yaxshi. Ularni qancha kam bo‘yasangiz, shuncha kam zararlanadi. Ayniqsa, bu quruq havoda juda muhim.

Boshni qanday yuvish kerak?
Sochni qancha vaqtda yuvish kerakligi haqida aniq qoida yo‘q. Hammasi ularning qancha vaqtda kirlanishiga bog‘liq. Kimdir har kuni, boshqa birov bir haftada bir yuvadi. Tez-tez soch yuvish oqibatida bosh terisi qurib, qazg‘oq paydo bo‘lishidan qo‘rqmaslik kerak. Aksincha, agar soch kirlanib, yog‘lansa, qazg‘oq paydo bo‘ladi.

Shampun soch uzunligiga emas, bosh terisiga surtilishi kerak. Soch uchiga konditsioner ishlating. Yoki konditsionerli shampundan foydalaning. Sochingizga mos tushadigan shampun xarid qiling. Bunda narxga urg‘u berish shart emas. Balki, qimmatroq shampun sizning sochlaringizga chiroy berayotgan bo‘lishi mumkin yoki arzon shampundan ham ko‘nglingiz to‘layotgandir, bu sizning tanlovingiz.

Amerika dermatologlar akademiyasining tavsiya qilishicha, agar sochlaringiz silliq bo‘lsa, yuvib bo‘lgandan keyin biroz quriting, keyin tarang. Agar sochlaringiz jingalak bo‘lsa, darhol tarang.

Sochlarni qanday turmaklash kerak?
Fen, ployka va boshqa issiq qurilmalarni qancha kam ishlatsangiz, shuncha yaxshi. Bir haftada bir marta foydalanish normal variant hisoblanadi. Ulardan foydalanayotganingizda esa imkon qadar past haroratga qo‘ying. Sochlarni ko‘p tarash kerak emas.

Kal bosh ham parvarish talab qiladi
Kal boshlarni parvarishlash kerak emas, deb o‘ylasangiz adashasiz. Sochlar boshni quyoshdan himoya qiladi, shuning uchun boshga quyoshdan himoya qiluvchi krem surtib yurish yoki ko‘chaga chiqqanda bosh kiyim kiyish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Karantinda sochlarni qanday parvarish qilish kerak? Kal boshni-chi?