03:40 / 30.04.2020
3 066

Insonning aqliy qobiliyatini susaytiruvchi mahsulotlar haqida ma’lumot berildi

Insonning aqliy qobiliyatini susaytiruvchi mahsulotlar haqida ma’lumot berildi
Foto: Twitter
Amerikaning Janubiy Illinoys universiteti olimlari tarkibida yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni muntazam ravishda iste’mol qilish vaqtincha aqliy qobiliyatni susaytirishini aniqladi.

Yog‘li ovqatlarga ruju qo‘ygan odam semirishga moyil bo‘ladi hamda unda metabolik buzilishlar kuzatiladi.
Mutaxassislarning fikricha, yog‘li ovqatlar miyaga asosiy element — glyukoza yetkazib berishda uzilishlarga olib keladi.

Shuning uchun organizm yog‘lardan olinadigan keton tanalar bilan oziqlanishga majbur bo‘ladi. Bu esa energiyaning juda sekin manbasi bo‘lib, miya bunday vaziyatda «qota boshlaydi».

Olimlar kalamushlarda tajriba o‘tkazdi. Bir guruh kalamushlar yog‘li oziqalar bilan, ikkinchi guruh esa kemiruvchilarga mo‘ljallangan an’anaviy oziqa bilan boqildi. Birinchi guruh tajriba yakunida ortiqcha vazn to‘pladi. Bundan tashqari, labirint bo‘ylab yugurishda odatiy oziqa bilan boqilgan kalamushlarga nisbatan yomon natija ko‘rsatdi.

«Nafaqat ortiqcha vazn to‘plashga, balki aqliy qobiliyatning susayishiga olib keladigan yog‘li ovqatlardan voz kechish kerak», — deydi tajriba mualliflari.

Yuqori darajada yog‘li mahsulotlarga burgerlar, pitssa, qovurilgan kartoshka, kolbasa, yog‘ va pishloqli buterbrodlar, osh, mayonezli salatlar, sosiska, tort va boshqa kremli shirinliklar kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Insonning aqliy qobiliyatini susaytiruvchi mahsulotlar haqida ma’lumot berildi