“1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyat boshqarmasi organlari tomonidan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan oilalarni yarashtirish, ishsiz qarzdorlarni ishga joylashtirish, aliment qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorlarning javobgarlik masalasini hal etilishi va aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lanishiga oid targ‘ibot-tashviqot tadbirlari keng amalga oshirilmoqda.
Aliment to‘lovlari – bu avvalambor voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bugungi vaziyatda har birimiz farzandimizni uyda saqlashga majburmiz. Aliment pullari karantinda uyda qolayotgan farzand uchun muhimdir.
Buxoro shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 22.09.2017 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor J.Samadov undiruvchi Z.Zakirova foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining ta’minoti uchun voyaga yetguniga qadar oylik daromadining ½ qismi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 1/3 qismidan kam bo‘lmagan miqdorda oy sayin aliment undirib borish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud.
Targ‘ibot tadbirlari davomida karantin davrida uyida qolayotgan farzandlari uchun qarzdor J.Samadov 30,5 mln. so‘m aliment to‘lovlarini undiruvchi Z.Zakirovaga to‘lab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
NATO rahbariyati g‘arbdagi yirik kompaniyalarni urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi
Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan sex aniqlandi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi