07:56 / 01.06.2020
2 448

Olimlar: Til bilish miya qarishini sekinlashtiradi!

Olimlar: Til bilish miya qarishini sekinlashtiradi!
Ma’lumki, doimiy faoliyati bo‘lmagan katta yoshli insonlarning miyasi ertami-kechmi qariy boshlaydi. Ammo olimlar ushbu jarayonning oldini olish uchun nimalar qilishi kerakligini aniqladi. Ularning fikriga ko‘ra, ikki tilning muntazam qo‘llanilishi miyani faol bo‘lishga undaydi va qarishning oldini oladi.

Miya qarishi borasida olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, olimlar ingliz va xitoy tilida so‘zlashuvchi 60 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lgan keksalarni tanlab olishdi. So‘ngra ulardan bir nechta kompyuterlashtirilgan vazifalarni bajarish talab etildi.

Ishtirokchilarga 4 xil vazifa topshirilgan bo‘lib, ular aynan ikki til bilan bog‘liq edi. Olimlar qariyalarning harakati hamda ma’lumotlarni qayta ishlash tezligini nazorat qilib borishdi.

Tahlil natijasiga ko‘ra, kundalik hayotda ikki tildan foydalanish miya faoliyatiga samarali ta’sir qilishi isbotlandi. Dunyo miqyosida olib borilgan tekshiruvlardan xulosa shuki, ikki tilda so‘zlashish miya qarishini kechiktiruvchi omil sanaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar: Til bilish miya qarishini sekinlashtiradi!