“Hayot! Nima o‘zi u? Bizga nima uchun beriladi? U bankdan olingan kreditga o‘xshaydi. Uning foizi bizning g‘am-tashvishlarimiz bo‘lsa, erishgan yutuqlarimiz kreditdan olingan foyda!”.
Obbo! Shu falsafiy fikrlar jonga tegdi. O‘zi aslida juda ajoyib hajviyani kallada pishitgandim. Ammo afsuski, bir palakat ilhom va kayfiyatimni naq beliga tepdi. Nima emish men g‘irt foydasiz inson emishman. Atrofga qara, hoy, ko‘zingni och kattaroq, aslida qani o‘sha foydali odamlaring degim keldi.
Dunyo aslida manfaat ustiga qurilgan-ku. Misol uchun, kelinchaklarni kuzatganmisiz: o‘z onasi oyi emishda, qaynonasi oyijon bo‘larkan. Nega? Chunki kelinlarning yozilmagan qonunlar kitobining 334-sahifasida bu so‘zni kelin-qaynona murosasi haqidagi bo‘limida asosiy strategiya sifatida tilga olinadi.
Yana o‘sha “kitobda” kelinning oyisi qizim borgan joyida qaynonasiga avtoritet obersin deb, ro‘yxati bir daftarni to‘ldira oladigan buyumlarni qiziga qo‘shib jo‘natadi. Bu holatda uch tomonlama manfaatdorlik.(kelin, kelinning sho‘rlik onasi va qaynona).
Ba’zi alp erkaklarimizni-ku manfaat borasida o‘z rejalari bor. Foyda degan joyda anchayin tuyg‘ular arazlab ketadi: vijdon, g‘urur, mehr, ... Qolganini davom ettiringchi. Munosabatlar foyda ustiga quriladi, sof tuyg‘ular esa boshqa qalb izlab ketadi. Ularning ishdagi rahbari va hamkasb do‘stiga qilayotgan muomalasini solishtirib ko‘rganmisiz? Bu yerda ham manfaat va foyda yugurish musobaqasida birinchi o‘rinni olgan sportchi kabidir.
Eeee, yana shunaqa gaplarga o‘ralashib qoldimmi?! Ha-aa bugun hech narsa yoza olmayman shekilli. Biroq sizga bir savolim bor: siz KRЕDITINGIZNI nimaga sarflayapsiz?
Muallif Dilorom Begmatova
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi