"Apple" kompaniyasi birinchi chorakda 29,6 milliard dollar foyda ko'rdi

Apple kompaniyasi yangi iPhone 17 smartfonlariga bo'lgan rekord darajadagi talab haqida ma'lum qildi. So'nggi chorakda kompaniyaning daromadi 111,2 milliard dollarni, sof foydasi esa 29,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Bosh direktor Tim Cook mart oyida yakunlangan chorak natijalari kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo'lganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, barcha mamlakatlarda iPhone savdosi ikki xonali ko'rsatkichlarga o'sgan.
Shuningdek, xizmatlar ko'rsatish bo'limi ham o'zining tarixiy maksimumiga erishdi. Ushbu moliyaviy yutuqlar rahbariyat o'zgarishi arafasida e'lon qilindi.
Joriy yilning sentyabr oyida 50 yoshli John Ternus Apple bosh direktori lavozimini egallaydi. Tim Cook esa yil oxirida o'z o'rnini topshirib, direktorlar kengashining ijrochi raisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!