Sakkiz yoshli bolajonning onasi vafot etganidan so‘ng dadasi farzandini yolg‘iz qolishidan qo‘rqib, ona mehridan ayrilib qiynalib qolmasin deb, boshqa ayolga uylandi.
Oradan bir necha kun o‘tgach ota farzandini bag‘riga bosib, erkalab:
– Toychog‘im, yangi onang bilan avvalgi onangni orasida qanday farq bor, deb so‘rab qoldi.
Bola juda ham beg‘uborlik bilan javob berdi:
– Haqiqiy onam menga yolg‘on gapirardilar, ammo ikkinchi onam hamma aytgan gaplarida sodiq turadilar.
Ota taajjublanib so‘radi:
– Qanaqasiga, bolajonim?
O‘g‘il:
– O‘ynab o‘tirganimda onamga yoqmaydigan ish qilsam, menga aytardilar:
"Agarda quloq solmaslikni bas qilmasang va menga zulm qilaversang senga ovqat bermay qo‘yaman", derdilar... gaplariga parvo ham qilmasdim. Ba’zan, ko‘chada ko‘p o‘ynab qolib ketsam, chiqib meni ko‘chama-ko‘cha izlardilar, meni topmagunlaricha oyoqlari qayerga boshlasa o‘sha yerga ketaverardilar. Va nihoyat meni topganlaridan keyin yuz ko‘zlarimdan o‘pib, meni uyga olib borardilar va mazali taomlari bilan siylardilar.
Endi esa yangi onam, "agar o‘yinni bas qilmasang senga ovqat yo‘q", dedilar. Mana ikki kundan beri qornim och, juda qiynalib ketdim dada....!
Menga yolg‘onchi onamni qaytarib bering, iltimos dada. Yolg‘onchi onamni sog‘indim deya yig‘lab yubordi...
("Kelinchak" jurnalidan) “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Maksim Shatskix "Istiqlol"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
2024 yilda Rossiyani bir million migrant tark etdi