17:00 / 15.07.2020
4 266

Salomatlik uchun eng zararli uchta mahsulotni bilasizmi?

Salomatlik uchun eng zararli uchta mahsulotni bilasizmi?
Ba’zi mahsulotlarni butkul zararli yoki foydali deb bo‘lmaydi, shunchaki me’yoridan ortiq iste’mol qilish ma’lum oqibatlarga olib kelishi jihatidan ularni kamaytirish tavsiya qilinishi mumkin. Lekin quyidagi uch mahsulot qanchalik kam iste’mol qilinmasin, salomatlikka zarar keltiraveradi.

Qovurilgan kartoshka
Qovurilgan kartoshka (chips) — foydali mahsulotni zararliga aylantirish mumkin ekanining yaqqol isboti. Quyida chipslarning nima uchun zarar ekaniga to‘xtalib o‘tamiz.

Kaloriya miqdori
80 gr chipsda 400-420 kaloriya bo‘lishiga qaramay insonni to‘q tutish xususiyatiga emas, balki ishtahasini ochadi. Uning o‘rniga kaloriyaga boy, ammo foydali taom, masalan, go‘shtni dimlab, garnir sifatida sabzavotlarni yeyish tavsiya qilinadi.

Kanserogen moddalar
Yuqori darajadagi yog‘da qovurish jarayonida kartoshkada oshqozon-ichak, jigar va buyraklarni zararlaydigan akrolein va akrilamid hosil bo‘ladi. Organizmning muntazam ushbu moddalarni qabul qilishi oqibatida esa saraton paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘ladi.

Trans-yog‘lar
Trans-yog‘lar ham qovurilish oqibatida yuzaga keladi va qon tomiri devorlarini zararlab, yurak-qon tomir kasalliklariga olib keladi.

Mayonez

Foto: «Yandeks Dzen»
Uy mayonezi o‘simlik yog‘i, tuxum sarig‘i, xantal va ziravorlardan tayyorlanadi va uning zarari kaloriya miqdori yuqoridaligida bo‘ladi. Siz do‘kondan xarid qiladigan mayonez tarkibida esa qon tomirlari uchun zararli trans-yog‘lar, oshqozonosti bezi uchun zararli bo‘lgan quyiltirilgan E-1422 qo‘shimchasi, quritilgan tuxum sarig‘i shuningdek, konservantlar, «krasitel», sun’iy ifor beruvchi aromatizatorlar va shakar qo‘shilgan bo‘ladi. Bularning bari esa hazm jarayonining buzilishi va boshqa bir qancha kasalliklarga olib keladi. Shu bois ham mayonezni uy sharoitida tayyorlash yoki o‘rniga smetana, soya sousi, limon sharbatidan foydalanish tavsiya qilinadi.

Shokolad batonchalari

Foto: «Yandeks Dzen»
Chips, mayonez, kolbasa yoki shirinliklarda zig‘ircha bo‘lsa ham oqsil yoki vitamin bo‘lishi mumkin, shokolad batonchalari esa kaloriya konidan boshqa narsa emas. Uning tarkibida shakar, palma yog‘i, kimyoviy qo‘shimchalar limmo-lim. Karamel qo‘shilgani esa tish emalining yemirilishi va kariyes kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, bunday batonchalar qorinni to‘q tutish xususiyatiga ham ega emas. Yarim soatga ishtahangiz bo‘g‘ilishi mumkin, keyin esa avvalgidan ham ko‘proq narsa yegingiz keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Salomatlik uchun eng zararli uchta mahsulotni bilasizmi?