23:56 / 24.07.2020
2 890

Tejamkorlikka o‘rganing: Inqiroz paytida qo‘l keladigan 6 foydali odat

Tejamkorlikka o‘rganing: Inqiroz paytida qo‘l keladigan 6 foydali odat
Foto: Freepik
Mavjud karantin vaqtida iloji boricha resurslarni tejash, ortiqcha xarajatlardan qochish va maksimal darajada reja asosida pul sarflash kerak. Buning uchun yordam beradigan ayrim maslahatlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Suvni behuda ishlatmaslik
Suvni bekorga isrof qilmang. Vannaga suv to‘ldirib cho‘milish o‘ringa dush qabul qilish bilan cheklaning. Tishlaringizni tozalashdan avval stakanga chayish uchun suv olib qo‘ying va jo‘mrakni o‘chirib qo‘ying. Idish-tovoq yoki mevalarni yuvish uchun ham suvni oqizib qo‘ymasdan, tez-tez kerakli vaqtda yuving. Bu orqali siz ancha suv tejalishiga hissa qo‘shish bilan birga, oylik suv uchun to‘lanadigan summaning qisqarishiga sababchi bo‘lasiz. Agar tinchlanishingiz uchun suvning ovozi kerak bo‘lsa, unda suv ovozi yozilgan audioni yuklab olib tinglang. Ishoning, oddiy tuyilgan bu odatlarga amal qilish orqali anchagina vaqt tejashga muvaffaq bo‘lasiz.

Gaz va elektr energiyani tejang
Choy uchun keragidan ortiq miqdorda suv qaynatmang, chunki qolgani sovib qolganidan keyin qayta isitishingizga va bu orqali elektr yoki gazning behuda sarflanishiga to‘g‘ri keladi. Gaz pechining usti toza bo‘lishiga e’tibor bering. Chunki pechingiz tokda ishlaydigan bo‘lsa va ustiga kir yoki chirk yig‘ilsa, elektr samaradorligi pasayishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, kam mahsulotdan taom pishirmoqchi bo‘lsangiz, pechingiz hajmiga nisbatan katta qozon-tovoqdan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Chunki katta idishning qizishi, qaynashi cho‘zilib, jarayon uzoq vaqt davom etishiga va elektr ko‘proq sarflanishiga olib kelishi mumkin.

Texnika vositalarini kerak bo‘lganidagina yoqing
Texnika vositalaridan foydalanmayotgan bo‘lsangiz, tokdan olib qo‘ying. Televizor, kompyuterni ishlatmayapsizmi, tokdan o‘chirib qo‘ying. Bu orqali siz nafaqat elektrni tejagan, balki xavfsizlikka rioya qilgan va texnikangizning uzoq vaqt xizmat qilishiga sababchi bo‘lgan bo‘lasiz.

Xarid
Tejamkorlikning eng asosiy prinsipi — ongli ravishda zarur bo‘lgani uchungina xarid qilish hisoblanadi. Buning uchun esa kerakli mahsulot yoki buyumlar ro‘yxatini avvaldan tuzib olish va shunga ko‘ra sotib olish kerak. Ro‘yxatdan avval esa muzlatkich yoki garderobingizni ko‘zdan kechirib oling. Haftalik xarajatlaringiz uchun ma’lum mablag‘ ajratib qo‘ying va budjetingizdan kelib chiqib xarid qilishga harakat qiling. Uy bekalariga bir hafta davomida pishiradigan taomlari menyusini tuzib olish va shunga asosan kerakli mahsulotlar ro‘yxatini tuzish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tejamkorlikka o‘rganing: Inqiroz paytida qo‘l keladigan 6 foydali odat