09:19 / 23.08.2020
6 721

Har kuni boshni yuvish qanday oqibatlarga olib keladi?

Har kuni boshni yuvish qanday oqibatlarga olib keladi?
Foto: «hairtherapy.ru»
Sochni har kuni yuvishning o‘ziga xos sabablari bor. Kimdir kundalik uslub uchun, kimdadir kalta soch turmagi, yana kimlarnidir sochning tez yog‘lanishi bezovta qiladi. Ayrim insonlar ko‘pincha sochi va bosh terisiga to‘g‘ri kelmaydigan shampundan foydalanadi. Lekin yog‘li sochlarning sababi organizmda gormonal nomutanosiblikning belgilaridan biridir. Agar yog‘li bosh terisi muammosi paydo bo‘lsa, darhol shifokor trixologga murojaat qilish zarur.

Sochlarning yog‘lanishiga nima sabab bo‘lishi mumkin?
Yog‘li sochlar bu – bosh terisidagi yog‘ bezlari sekretsiyasining ko‘payishi natijasida yuzaga keladigan soch turi. Ushbu soch turiga ega insonlar deyarli har kuni soch yuvishga odatlangan.

Yog‘li sochlar organizmda yuz berayotgan o‘zgarishlar ortidan kelib chiqadi:
- Gormonal o‘zgarish yoshidagi insonlarda – o‘smirlar, keksalar, homilador ayollar;
- Faol hayot tarziga ega odamlarda, asosan, professional sportchilarda;
- Endokrinologik kasallik tufayli – qalqonsimon bezning yaxshi ishlamasligi, qandli diabetning 2-toifasi, androgen gormonlar bilan kechadigan patologiyalar;
- Surunkali soch to‘kilishi va bosh terisi bilan bog‘liq kasallik;
- Markaziy va unga xizmat qiluvchi asab tizimi patologiyasi;
- Stress holati;
- Dori vositalarini qabul qilishda – gormonal kontratseptivlar;
- Noto‘g‘ri parvarish orqali – soch moylaridan ko‘p miqdorda foydalanish, soch niqoblari va bosh terisini toza yuvmaydigan noto‘g‘ri tanlangan shampun;
- Qish faslida bosh kiyim kiyib yurish natijasida yog‘ bezlari gipersekretsiya ishlab chiqaradi.

Soch har kuni yuvilsa, to‘kilishi rostmi?
Agar ushbu kamchilik hayot tarziga ko‘ra gormonlar buzilishi emas, balki yog‘ bezlari giperfunksiyasi ortidan bo‘lsa, ular har kuni yuvilishi davomida to‘kilishi mumkin.

Agar sochni har kuni yuvmaslikning iloji bo‘lmasa, shampun tanlashda e’tiborli bo‘lish kerak. Sababi shampunlar bosh terisiga surtilish kerak va aynan shu hududni tozalashga mas’ul. Agar sochlari uzun, serjilo va sog‘lom bo‘lishini istaydiganlar bo‘lsa, ularni niqob va konditsioner bilan yuvishdan voz kechgan ma’qul.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har kuni boshni yuvish qanday oqibatlarga olib keladi?