14:36 / 29.08.2020
4 103

Kunduzgi uyqu uchun eng qulay palla qachon?

Kunduzgi uyqu uchun eng qulay palla qachon?
Foto: «52pk.com»
Biologiya fanlari doktori Vladimir Doroxovning aytishicha, kunduzgi uyqu uchun 20 daqiqa ham yetarli. Faqat to‘g‘ri vaqtni topsangiz bas. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.

Agarda uyqu 20 daqiqadan oshib ketsa, u chuqurlashib ketadi. To‘liq chiqib ketish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Buning nomi «uyqu inersiyasi», — dedi mutaxassis.

Chuqur uyqudan chiqib ketish 20—40 daqiqa talab qiladi, ishxona sharoitida bu juda noqulaylik tug‘diradi. Biroq, agarda kunduzgi ish kuningiz qattiq tartibli bo‘lmasa, bir soatlik uyqu ayni muddao — kechgacha tetik yurasiz, deydi Doroxov.

Kunduzgi uyqu uchun eng qulay palla — soat 13 dan 15 gacha bo‘lgan vaqt.

«Organizmimizning o‘zi shu paytda (soat 13—15 oralig‘i) tabiiy ravishda uyquga moyillik sezadi. Soat 17 dan keyin uxlash esa yaramaydi — tungi uyqudan mahrum bo‘lasiz», — ogohlantirdi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kunduzgi uyqu uchun eng qulay palla qachon?