16:56 / 05.09.2020
2 383

Muammo - aslida biz uni shunday deb ataganimiz uchun ham muammo

Muammo - aslida biz uni shunday deb ataganimiz uchun ham muammo
Aslida biz uchun katta muammo bo‘lib tuyulgan vaziyatlar shunchaki hayotimizda ba’zi bir transformatsiyalar, ya’ni almashtirishimiz kerak bo‘lgan holatlar.

Buni qanday tushunish mumkin, aytaylik do‘konga kirdingiz, siz har doim xarid qiladigan tort yo‘q. Siz bu tortni dugonalaringizga va’da qilgan edingiz, aksiga olib kechga qolayapsiz.

Shunday vaziyatda juda ko‘pchiligimiz obbo endi menga shu muammo yetmay turgan edi deymiz. To‘g‘rimi?

Va boshlanadi, boshqa tort topishimiz qiyin bo‘ladi. Amallab tortni topsak, taksi topishga qiynalamiz, taksi topsak yo‘l tirband. Xullas arzimagan vaziyatni muammo deya o‘zimizga shu vaziyatlarni tortib olamiz.

Endi boshidan boshlaymiz, ya’ni do‘konga kirganda tort yo‘qligini ko‘rsak va anglasak demak almashtirish vaqti yetibdi, ya’ni transformatsiya.
Demak boshqa tortni sinab ko‘rishimiz kerak. Faqat bu tortdan yaxshirog‘ini va qimmatrog‘ini.

Qanchalar oson bu albatta. Bir misol uni istalgan vaziyat bilan ishlatish mumkin.
Hayotingizda transformatsiyadan qo‘rqmasligingiz kerak. Shunda hayot sizga faqat baxt va quvonch ulashayotganligiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Muammo - aslida biz uni shunday deb ataganimiz uchun ham muammo