Foto: «Volkovysk.by»
Dartmut kolleji va Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi (AQSH) olimlari qaysi yoshda odam umrining eng baxtsiz damlarini kechirishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari byuro saytida e’lon qilingan.
Mutaxassislar 132 mamlakat ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi. Turli yoshdagi odamlardan turmushidan qoniqish darajasini baholash so‘ralgan. Buni qarangki, odam hayotidagi eng baxtli lahzalar 18-20 yoshlarga to‘g‘ri kelar ekan. So‘ng vaziyat yomonlashib, taxminan 47-48 yoshlarda eng yuqori cho‘qqisiga yetadi. Rivojlangan mamlakatlarda 47 yoshda, rivojlanayotgan davlatlarda 48 yoshda, Rossiya, Xitoy va Meksikada 43 yoshda inqiroz boshlanishi qayd etilgan. Bunday holat 60 yoshgacha davom etadi. Shundan keyin yana ko‘tarilish yuz beradi va 70 yoshda odamlar yana hayotdan zavq ola boshlaydilar.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu tashqi omillarga emas, organizmdagi biokimyoviy jarayonlar va gormonlar darajasiga bog‘liq. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Ukrainada Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qilindi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi