Foto: «Domashniy ochag»
Tishlarni oppoq, mustahkam va sog‘lom saqlab qolish uchun ularni kuniga ikki marotaba tozalash kerakligi barchaga bolaligidan ma’lum. Ammo ular to‘g‘ri tozalanadimi? Balki tish tozalashda eng keng tarqalgan xatolar evaziga natija kutilganidek bo‘lmayotgandir.
Tishni uzoq yetarli vaqtgacha tozalamaslik
Tishni tozalash tavsiya etilgan vaqt 2 daqiqani tashkil etadi. Ammo hech kim bunga amal qilmaydi. Bundan tashqari, Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetining Stomatologiya maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, hatto tishlarni yuvish uchun yetarli vaqt sarflashga ishongan odamlar ham, aslida, tozalashga 30 soniyadan ko‘proq vaqt ajratgan. To‘g‘ri, bu juda uzun va zerikarli faoliyat, lekin natija shunga yarasha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun maxsus hisoblagich yoki 120 gacha sanashning o‘zi kifoya.
Tishni intensiv tozalash
Tishlarni tozalash davomida ularni qattiq bosmaslikni tekshirib ko‘rish lozim. Afsuski, tish cho‘tkasini qattiq bosish ularni yaxshi tozalanishiga yordam bermaydi. Ushbu jarayonda shunchaki so‘laklar yo‘q bo‘lishi mumkin. Ammo bu orqali emal va milkka ham zarar yetadi.
Cho‘tkani noto‘g‘ri ushlash
Tishlarning sog‘lig‘i tish cho‘tkasini ushlab turgan burchakka ham bog‘liq. Optimal burilish 45 daraja burchak ostida bo‘lishi kerak, elektr tish cho‘tkalari esa o‘zi kerakli burilishni o‘rnatadi. Doimo shunga ahamiyatli bo‘lish kerak.
Qattiq tolali tish cho‘tkalari
Yumshoq tolali tish cho‘tkalari faqat bolalar yoki qariyalar uchun deb o‘ylash noto‘g‘ri. Tish shifokori buni maslahat bermaydi. Qattiq va o‘rtacha tish cho‘tkalari milkning yumshoq to‘qimalariga zarar berishi mumkin. Shuningdek, u tishni ichki burchaklarini to‘la-to‘kis olib tashlamaydi. Xarid chog‘ida yumshoq tolali tish cho‘tkasini sotib olishni unutmaslik lozim.
Juda katta tish cho‘tkasi
Hajm ham juda muhim bo‘lib, iloji boricha kichkina tish cho‘tkalardan foydalanish yaxshiroq. Uning katta hajmi og‘iz bo‘shlig‘ida erkin harakatlanishda qiyinchilik paydo bo‘ladi va har bir burchakka ham kira olmaydi. Shuning uchun kichkina cho‘tkadan foydalangan ma’qul.
Tish cho‘tkasini juda kam almashtirish
Stomatologlar tish cho‘tkasini yiliga to‘rt marotaba almashtirishni maslahat beradi. Doimiy nam muhit bakteriyalar ko‘payishiga olib keladi va vaqt o‘tishi bilan tish cho‘tkasi xavfli bakteriyalarni olib tashlashdan ham ko‘ra ko‘proq ortishiga sabab bo‘ladi.
Tish tozalash ipi
Tish tozalash iplaridan odatda faqatgina ovqat qoldiqlarini olib tashlashda foydalaniladi. Lekin tish shifokorlari undan muntazam foydalanishni tavsiya etadi. Unga ko‘ra har tishlar yuvilganda ortidan ip orqali tozalash kerak.
Kechki tish tozalash
Aksariyat odamlar tishini ertalab yuvadi va kechki paytga borib unutadi. Shu bilan birga ertalabki harakat natijasiz qoladi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi kunduzgi so‘laklar kechasi zararli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kechki paytda, yotishdan avval, albatta, tishlarni yuvish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi