19:28 / 19.09.2020
5 538

Dunyoda eng kuchli narsa nima?

Dunyoda eng kuchli narsa nima?
Dunyoda eng kuchli narsa nima deb savol bersangiz “mehr” deb javob berardim.
Chunki quyosh qanchalik katta bo‘lmasin yerdagi toshni faqat qizdirishi mumkin, lekin erita olmaydi.

Mehr esa har kanday qalbdagi toshni eritishga qodir…!!!
Dunyodagi hamma qulflarni, ko‘ngil qulfini ham, do‘stik qulfini ham, oqibat qulfini ham hamma - hammasini kaliti bu - mehr!!!

Dunyoda eng qimmat va eng arzon narsa bu - mehr!!!
Dunyoda eng kam uchraydigan va aslida juda ko‘p bo‘lgan narsa - mehr!!!

Dunyodagi hammaga berishing mumkin bo‘lgan, ammo sanoqligina insonlarga xohlab – xohlamay ulashadigan narsa bu mehr!!!
Dunyodagi hamma inson kimdir berishini xohlagan, ammo o‘zi hatto eng yaqinlaridan ham darig‘ tutadigan narsa - bu mehr!!!

Bilasizmi, inson onasini nima uchun hammadan ko‘prok yaxshi ko‘radi?!
Boyligi, puli uchun emas-ku, kambag‘al onani bolalari ham jonidan ortiq yaxshi ko‘radi!!! Bola onasini hammadan ortiq yaxshi ko‘rishiga asosiy sabab: Onasini beqiyos mehri!!!

Mehr nima? Pul, boylik, qimmatbaho sovg‘a, yordam, ko‘mak...???
Yo‘q, azizlarim, mehr ozgina e’tibor va ikki og‘iz shirin so‘z!!! Mehringizni hech kimdan darig‘ tutmang!

@ong_osti_sirlari1 kanalidan olindi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dunyoda eng kuchli narsa nima?