Foto: Getty Images
Massajning tinchlantiruvchi, immun tizimini mustahkamlovchi, davolovchi va boshqa turlari mavjud. Ularning har biri organizm uchun foydali bo‘lishi, ammo mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi kerak. Quyida sog‘lom va yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun massaj muolajalaridan foydalanishni boshlashning asosiy sabablari bilan bo‘lishamiz.
Jismoniy mashqlardan keyin tiklanishga yordam beradi
Kanadaning Makmaster universiteti olimlari massajdan keyin hujayralarda yallig‘lanish kamayishi hamda chidamli bo‘lishda ahamiyatli bo‘lgan mitoxandriya ko‘payishini aniqlagan. Biroq tadqiqotchilarning massajning yallig‘lanishga qarshi samara berishi borasidagi fikrlari unchalik aniq emas. Gap shundaki, ayrim hollarda uzilgan to‘qimalar mustaqil ravishda tiklanishi, massaj esa tabiiy jarayonga xalal berishi mumkin.
Shunga qaramasdan, professional yoki havaskor sportchi bo‘lishdan qat’iy nazar, jismoniy mashg‘ulotlardan keyin 10 daqiqalik uqalash muolajalarini o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Og‘riqni kamaytiradi
Amerikalik mutaxassislar, bel og‘rig‘ida qo‘llanadigan davo muolajalari orasiga massajni ham kiritgan va bu bejizga emas. Gap shundaki, tadqiqotlarda medikament dori vositalari va jismoniy mashqlardan ko‘ra 10 haftalik massaj kursi samaraliroq natija berishi aniqlangan. Bundan tashqari, nafaqat tizimli, balki tinchlantiruvchi massaj ham foydali ekani ma’lum bo‘lgan. Mayami universiteti olimlari muntazam ravishda massaj muolajalarining olib borilishi migren va bosh og‘rig‘ining kamayishiga olib kelishini aniqlagan.
Immun tizimini mustahkamlaydi, yaxshi ko‘rinishga sabab bo‘ladi
Massaj nafaqat og‘riqni qoldirib, tanani tinchlantiradi, balki immun tizimi faoliyatini ham yaxshilaydi. Cedars-Sinai tibbiyot markazida o‘tkazilgan tadqiqotda 45 daqiqalik muolajadan keyin organizmda limfotsitlar ko‘paygani aniqlangan. Ushbu oq qon tanachalari kasalliklardan saqlanishga yordam beradi. Qolaversa, qon aylanishi yaxshilangani sabab toksinlar kamayadi. Shuningdek, massaj teri ahvoli, rangi yaxshilanib, taranglashishiga ham olib keladi.
Ozishga yordam beradi
Ozish uchun foydali bo‘lgan limfadrenaj massaji qo‘l bilan yoki apparat yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ularning har ikkisi ham limfa tomirlari bo‘ylab amalga oshiriladi. Mazkur muolaja moddalar almashinuvining yaxshilanishi va organizmdan shlak va keraksiz moddalarni chiqarib yuborishga yordam beradi. Kutilgan natijaga tezroq erishish uchun esa massaj bilan birgalikda sport bilan shug‘ullanish va to‘g‘ri ovqatlanishga rioya etish tavsiya qilinadi.
Asabiylashish va stressda samara beradi
Massaj asabiylikka qarshi kurashishda yordam beradi, uyqu va emotsional holatni yaxshilaydi. Ammo yuqori haroratda, o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, qon-tomirlarning varikoz kengayishi va shishlar kuzatilganda massajdan foydalanish tavsiya qilinmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi